Python (original) (raw)
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Python
| Paradigmalari | Koʻp paradigmali dasturlash tili: obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash,[2], tartibotli dasturlash (imperativ dasturlash), funksional dasturlash, strukturali dasturlash, reflektiv dasturlash |
| Muallifi | Guido van Rossum |
| Tuzilgan yili | 20-fevral, 1991-yil (35 yil avval) (1991-02-20)[3] |
| Turi | obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili |
| Holati | faol |
| Versiyalari | 3.12.4 6.6.2024 (21 oy avval) (6.6.2024) |
| Ishga tushirish turi | IDE orqali |
| Operatsion tizim | kross-platformali |
| Litsenziya | Python Software Foundation License |
| Fayl kengaytmalari | .py, .pyi, .pyc, .pyd, .pyo, .pyw, .pyz |
| Vebsayt | python.org |
| Dialektlari | |
| Cython, RPython, Starlark[4] | |
| Bunga asos boʻlgan tillar | |
| ABC, Ada, Algol 68, APL, C, C++, Klu, Dylan, Haskell, Icon, Java, Lisp, Modula-3, Perl, Standard ML | |
| Buning asosida tuzilgan tillar | |
| Apache Groovy, Boo, Cobra, CoffeeScript, D, F#, Genie, Go, JavaScript, Julia, Nim, Ring, Ruby, Swift |
Python ([ˈpʌɪθ (ə)n] — payton, piton) — turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan[5]. Shuningdek Python sunʼiy intellekt hamda maʼlumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi.
Python deyarli barcha platformalarda ishlay oladi, xususan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va boshqalar shular jumlasidandir. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud boʻlib, uning nomi — IronPython dasturlash muhitidir.
Guido van Rossum 1980-yillarning oxirida ABC dasturlash tilining davomchisi sifatida Python ustida ishlay boshladi va birinchi marta 1991-yilda Python 0.9.0 versiyasini ommaga eʼlon qildi[6].
Python dasturlash tiliga boʻlgan talab yildan yilga oshib bormoqda. CodingDojo[7] portalining tadqiqotlariga koʻra, 2020—2021-yillarda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng koʻp talab boʻlgan[8].
Unda Lua tiliga oʻxshab, bir vaqtning oʻzida bir nechta oʻzgaruvchiga qiymat berish mumkin. Shuningdek, yangi oʻzgaruvchi kiritmasdan turib, ikkita oʻzgaruvchining qiymatlarini almashtirish mumkin:
Va uni funksiyalaridan ham shunday turda qaytarishingiz mumkin:
def function(): x = "Jimbo" y = "Wales" return x, y
-- coding: utf-8 --
print("Salom, dunyo!")
-- coding: utf-8 --
Agar siz print('') deb '' ni orasiga istalgan so'zni yozsangiz anashu so'z chiqadi. Masalan: print('salom vikipedia')
Natija: salom vikipedia
- Zope — CMS yaratish uchun server va veb dasturlar qilish uchun dastur.
- Django — web dasturlash muhiti.
- Turbogears — web yaratish qilish uchun dastur.
- CherryPy — web yaratish uchun dastur.
- Plone — saytni muhofaza qilish uchun dastur.
- Mailman — „Rassilka“ yaratish uchun dastur
- MoinMoin — viki — dvijok internet va intranet uchun
- PlanetPlanet — RSS oqimini sindikatsiyalash
- Skencil — Vektor grafikasi uchun dastur
- Wikipedia — botlarni yozish uchun ishlatadi.
- Civilization IV — Yaxshi strategiya oʻyin.
- Kosmik teleskop instituti
- NASA
- DreamWorks
- Industrial Light & Magic
- Firaxis Games
- Apple Computer
- CCP
- PyCharm
- Python dasturiy taʼminot fondi
- Python funksiyalari
- ↑ àà'Yotiq matn'
- ↑ „General Python FAQ — Python 3.9.2 documentation“.
- ↑ „Python 0.9.1 part 01/21“. alt.sources archives.
- ↑ „Starlark Language“.
- ↑ Kuhlman, Dave. „A Python Book: Beginning Python, Advanced Python, and Python Exercises“
- ↑ Rossum, Guido Van (20-yanvar 2009-yil). „The History of Python: A Brief Timeline of Python“
- ↑ https://codingdojo.com/blog/top-7-programming-langugages[_sayt ishlamaydi_]
- ↑ Narzullayev Anvar. Pythonda dasturlash asoslari. — T.: „Akademnashr“, 2021. — B. 6.
- Python sayti (ingl.)
- Python dasturchilar sayti[_sayt ishlamaydi_]