Ogʻirlik (original) (raw)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

OgʻirlikYer tortish kuchi maydonida tinch turgan jismning uning erkin tushishiga to'sqinlik qiladigan tayanch (yoki osma) ga ta'sir kuchi. Nyutonning ikkinchi qonuniga koʻra (qarang Nyutonning mexanika qonunlari), jismning vazni P=m(g — a) =F(h — a/g), bunda: m — jism massasi, g — erkin tushish tezlanishi, a — tashqi kuchlar ta'sirida jism erishgan tezlanishi, G — tortishish kuchi va Yerning sutkalik aylanishi tufayli hosil boʻluvchi kuchning geometrik yigʻindisidan iborat ogʻirlik kuchi. a =0 boʻlganda vazn ogʻirlik kuchiga teng, g=a boʻlganda vazn nolga teng boʻladi, yaʼni vaznsizlik holati yuzaga keladi. Vazn — oʻzgaruvchan kattalik, u joyning geografik kengligiga bogʻlik (qutbda u ekvatordagiga qaraganda kattaroq qiymatga ega boʻladi). Jismning ekvatordagi vazni qutbdagi vazniga qaraganda 1/288 marta kichik. Vazn va massa har xil fizik kattaliklar boʻlib, vazn jism xarakteristikasi boʻla olmaydi. Jismning xarakteristikasi — bu uning massasidir. Xalqaro birliklar tizimi SI da vazn ogʻirlik kuch birligi nyuton (N)da, massa — kilogramm (kg) da o'lchanadi. [1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil