Titus Livius (original) (raw)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tit Livius. Nomaʼlum rassom chizgan portret.

Ab Urbe condita, 1714

Titus Livius (lotincha: Titus Livius er. av. 59-yil, 17-yil, Patavium) — mashhur rimlik tarixchilardan biri, „Shaharning borpo etilganidan boshlab tarixi“ (lotincha: Ab urbe condita) asari, tarixiy-falsafiy dialoglar va oʻgʻliga yozgan epistolyar janrdagi ritorik asarlar muallifi hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

Livius oʻziga toʻq oiladan chiqqan boʻlib, yoshlik chogʻida Rimga keladi va u yerda yaxshi taʼlim oladi. Soʻngra falsafa, tarix va ritorika bilan shugʻullanadi. Sezar bilan yaqin tanish boʻlishiga qaramay siyosiy hayotda umuman qatnashmagan. Er.av. 27-yildan soʻng u 142 ta kitobda Rim tarixi boʻyicha fundamental ishlarini boshlaydi. Bu ishida milliy qadriyatlarni targʻib qiladi., v kotoroy propovedoval nravstvennie sennosti. Bu ishlarda u Rimning qayta yaralishi asoslarini koʻrgan. U davrda ikki xil qarashlar stoizm va fatum mavjud boʻlib, Tit Livius ularning ikkinchisiga ishonardi. Saqlanib qolgan kitoblarda koʻplab tarixiy nutqlar va yarim afsona shaxslar mavjud.