bahs - Vikilugʻat (original) (raw)

Pak qizAndoza:kaa-interj

bahs

a. بَحْث - muhokama; tadqiqot, mubohasa

1 Biror narsa, holat yoki masa-lani yoqlash maqsadida oʻtadigan munozara, tortishuv.◆ Fikr bahsda qiyomiga yetadi, deydi ojiuMjiap. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi. ◆ Bahs ketayotganda, odatda baqirgan tomon yutqazadi. F. Musajonov, Himmat.◆ Odatda fikrlar bahsi boʻlgan joyda taraqqiyot ham tezroq yutadi. Gazetadan

2 Ilmiy yoki diniy adabiyotda biror masala, muammoga bagʻishlangan qism, boʻ-lim.◆ Xatib domla ham ushr bahsini ortiqcha uzaytirmadi, tezda kitobni yopdi. A. Qodiriy, Obid ketmon.

3 yeprt. Musobaqa, bellashuv.◆ Respublika yengil atletikachi,shri yirik bahslarga qiz-gʻin tayyorlanmoqdalar. GazetadanMerganlar bahsida ishtirok etayotgan vakillarimiz ham boʻsh kelishmayapti. Gazetadan

Bahs ochmoq I) munozara ochmoq; 2) soʻz ochmoq, ran boshlamoq. Bahs qilmoq 1) munozara qilmoq; talashmoq, tortishmoq;

  1. s. t. biror masala haqida gapirmoq.◆ [Ha-sanali] Unar-unmasdan bahs qilib, nihoyat, bu unar-unmasning oxiriga shu savolni ham ulab yubordi: -Bu gal Margʻilonga kechik-dingizmi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

БАҲС. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

OʻTIL

bahs