bandaj - Vikilugʻat (original) (raw)

ban-daj

|fr. bandage — belbogʻ, bogʻich

1 Homiladorlik va undan keyingi davrda, operatsiyadan oldin yoki keyin tananing tegishli (kasal) joyini normal holatda tutib turish uchun tangʻib bogʻlanadigan (kiyiladigan) maxsus kamar, belbogʻ.◆ Bandaj vrach nazorati ostida tanlanadi. „OʻzME“.

2 tex. Mashina detallari yoki konstruksiyalarning puxtaligi va chidamliligini oshirish maqsadida ularga kiygiziladigan metall halqa.

БАНДАЖ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.