bino - Vikilugʻat (original) (raw)

bi-no

arab. – qurilish; inshoot; imorat;

Kishilarning yashashi, ishlashi va boshqa ehtiyojlar uchun quriladigan inshoot, ulkan uy, imorat.◆ Teatr binosi. Turar joy binolari. Shahrimizda yangi-yangi koʻrkam binolar qad koʻtarmoqda.Binoning oʻng tomonidagi ikki xonali uyda oʻgʻli bilan kelini turadi. „Saodat“.Dangasaga mehnat yoqmas, osh yoqar, Yomon odam tik binoni qulatar. „Qoʻshiqlar“.

Bino boʻlmoq 1) qurilmoq, barpo boʻlmoq. ◆ Bu qishloqlar urushdan keyingi yillarda bino boʻlgan edi; 2) yuzaga kelmoq; yetilmoq, tugʻilmoq.◆ Bir yigit qirq yoshda bino boʻladi. Maqol.Odam oʻz tabiatini oʻzi bino qiladi. „Sharq yulduzi“.Bino boʻlding qaysi gavhar donadan, Senday oʻgʻlon bino boʻlmas enadan. „Malikai ayyor“.

Bino qilmoq Qurmoq, barpo etmoq. ◆ Uchinchi yil shifoxona qatorida yonida omborchasi bilan maxsus kooperativ magazin bino qiladi. A. Qodiriy, „ Gʻirvonlik Mallavoy.“Kanizak bu aytilgan narsalarning hammasini hozir qilib, ikkovi shu choʻlda shahar bino qilishgan ekan. „Luqmoni Hakim“.

Bino qoʻymoq 1) ortiq darajada berilmoq, eʼtiqod qilmoq. ◆ Hech kim menday senga bino qoʻygan yoʻq. „Ravshan“.Palovni kim yomon koʻradi, lekin professor Obidiychalik unga bino qoʻyib, chiroyli oshaydigan odam kam boʻlsa kerak. Mirmuhsin, „Umid.“ 2) zeb bermoq, oro bermoq. ◆ Bino qoʻyib, oltin sochin taradi, Koʻklam qizil gul hidini sochganda. M. Alaviya. 3) oʻziga ortiq darajada ishonmoq, magʻrurlanmoq. ◆ [Xonzoda Gulbahorga:] Sen nimangga bino qoʻyasan! Hamza, „ Boy ila xizmatchi.“Ha, chiroyingga bino qoʻydingmi, oʻzboshimcha? K. Yashin, „ Hamza.“

Umri bino boʻlib, dunyo bino boʻlib yoki dunyo bino boʻlganidan beri. Dunyoga kelganidan, tugʻilganidan beri; uzoq muddat davomida. ◆ Umrim bino boʻlib men sendan biron nima tama qilmaganman. „Sharq yulduzi“.Bunaqa chiroyli qizni umrim bino boʻlib koʻrmaganman. Oʻ. Hoshimov, „ Ikki eshik orasi.“Umri bino boʻlib bunday dahshatli manzarani koʻrmagan. "Yoshlik.

Oʻziga bino qoʻymoq 1) oʻziga oro, zeb bermoq. ◆ Ortiq bino qoʻydim yor deb oʻzimga. Hamza.Endi moʻylabim chiqib, oyna oldida turganimni koʻrgan uydagilar: Hadeb oʻziga bino qoʻyish yaxshi emas, — deyishardi. Shukrullo, „ Saylanma.“Qirqin qizlar sozlanib-nozlanib, oʻziga bino qoʻyib, qoʻliga xino qoʻyib, boqqa joʻnadi. „Nurali“; 2) oʻziga ishonib ketmoq, magʻrurlanmoq. ◆ Gerdayib oʻtirishi, boshini koʻtarib, shoshmasdan gapirishi [Hojibning] magʻrur va oʻziga bino qoʻygan odam ekanini koʻrsatardi. M. Osim, „ Oʻtror.“Jonibek oʻziga bino qoʻygan bola. "Sharq yulduzi".

Bino, inshoot

БИНО. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

bino

Ruscha ru

bino здание, помещение, постройка; ◆ teatr ~si здание театра; ◆ ~ qurmoq построить здание; ◆ ~ boʻlmoq 1) строиться, быть выстроенным; 2) создаваться, основываться; 3) рождаться; ◆ dunyoga ~ boʻlib (или ◆ ~ boʻlganimdan beri) разг. сроду, со дня рождения; за всю свою жизнь; ◆ ~ qilmoq 1) строить, возводить (здание); 2) создавать, основывать; ◆ sotsializm ~ qilmoq строить социализм; ◆

Turkumlar::