boʻri - Vikilugʻat (original) (raw)

boʻ-ri

BOʻRI ’itsimonlar oilasiga mansub yirtqich hay — von’. Toʻdadan ayrilganni b oʻ r i yer (Maqol). Bu ot qadimgi turkiy tilda 'kulrang’, ’koʻkimtir’ maʼnosini anglatgan bor | boz sifatining bör shaklidan -i qoʻ-shimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, II, 221; ПДП, 373; Devon, III, 239; DS, 118); oʻzbek tilida ö unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: bör + i = böri > bori. Bu hayvonga nom rangiga koʻra berilgan. Bu soʻz turkiy tilga eroniy tildan oʻzlashgan boʻlishi mumkin deyiladi (ЭСТЯ, II, 221).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

  1. Sutemizuvchilarning itsimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon; qashqir. ◆ Ayrilganni ayiq yer, boʻlinganni boʻri yer. MaqolBo‘rini yo‘qlasang - qulog‘i ko‘rinadi. MaqolBoʻridan qoʻrqqan toʻqayga kirmas. MaqolOch boʻri qoʻy tanlamas. MaqolSuvonjon qoʻraga hujum qilgan bir och boʻrini otib olibdi. S. Anorboyev, „Oqsoy“Bu choʻlda biram boʻri koʻp ekanki, kechasi bilan qoʻrqib chiqdim. S. Ahmad, „Ufq“
  2. koʻchma Yovuz, qonxoʻr, shafqatsiz odam haqida.◆ Yuragim san eding, Gulnor, koʻzim shggari ochilgan boʻlsa edi, man oʻz yuragimni boʻrilarga yedirarmidim? Tongla mahsharda qay yuz bilan sanga boqaman? Oybek, Tanlangan asarlar.◆ Ahmad Husayn oqarib ketdi-yu, lekin indamadi, chunki boʻrilar orasida ekanini yaxshi bshshrdi. Oybek, Nur qidirib. ◆ Badia xona burchagiga tisarshxdi. Roʻparasida turgan daxshatli boʻridan koʻz uzmasdi. Mirmuhsin, Meʼmor.
  3. Boʻri (erkaklar ismi).
    Boʻri boqish (yoki qarash) qilmoq Qoʻrqinchli, dahshatli qaramoq, yeb qoʻygudek qaramoq.◆ Bir qoʻlida tesha, Sanobarga boʻri qarash qilib yaqinlashdi. K. Yashin, Hamza. Boʻri yeydimi "Nimadan qoʻrqasan" degan maʼnoda ishlatiladigan ibora. |◆ Hayot.\ -Voyey, sizam bir qiziqsizki, buvi, nima, meni boʻri yeb ketarmidi ? — dedi-yu, hovli etagiga yurib ketdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“Latifjon hiringlab: -(diplomni) boʻri yermidi, uyning toʻriga ekib qoʻyganman, — dedi. "Mushtum". Boʻrimisiz, tulkimisiz? "Quruq qaytdingizmi yoki undirib?" degan maʼnoda ishlatiladigan ibora.◆ [Hasan:] Quruq kelishga uyaldim-da, taqsir! [Qodirqul:/ Qani, boʻrimisiz, tulki? Hamza, Boy ila xizmatchi. Boʻrining ogʻzi yesa ham qon, yemasa ham qon "Yomonligi bilan tanilgan, yomonligini qoʻysa ham, qoʻymasa ham — yomon" degan maʼnoda ishlatiladigan ibora.◆ Boʻrining yesa ham, yemasa ham ogʻzi qon. Shukrullo, Saylanma. Boʻri tugʻdi (yoki bolaladi) Kun chiqib turib, yomgʻir yogʻayotganda aytiladigan ibora. Boʻri qulogʻi ovda Nomaʼlum kishilar yoki aygʻoq-agʻyorlar gap poylab yurgani haqida oʻz kishisini ogohlantirish uchun ishlatiladigan ibora. "Qoʻyni boʻriga topshirmoq"-biror narsani yoki ishni eng koʻp zarar yetkazadigan yoki suisteʼmol qiladigan, oqibatsiz kishiga topshirib qoʻymoq.◆ Murodova bilmaydi. Shuning uchun keyingi arizani Davronovga yuboribdi. — Qoʻyni boʻriga topshiribdi-da. I. Rahim, Ixlos.

boʻ-ri

astr. Osmonning janubiy yarim-sharida joylashgan yulduzlar turkumi.

БЎРИ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Boʻri

OʻTIL

Ruscha ru

boʻri
1 волк; ◆ boʻrimisiz, tulki? (букв. кто же вы, волк или лиса?) со щитом или на щите?; ◆ toʻdadan ayrilganni boʻri yer посл. отбившегося от стада съедает волк; ◆ boʻri yoʻq dema, boʻrk ostida, yov yoʻq dema, jar ostida посл. не говори, что волка нет - он под шапкой, не говори, что врага нет - он в овраге (т. е. будь бдительным);◆ boʻrining ogʻzi yesa ham qon, yemasa ham qon посл. у волка морда всегда в крови, съел ли он овцу или не съел; ◆ qoʻyni boʻriga topshirmoq поручить овцу волку; соотв. пустить козла в огород; ◆ boʻrining qulogʻi ovda (букв. уши волка на охоте) у волка всегда ушки на макушке;
2 Boʻri (имя собств. мужское); ◆