daraxt - Vikilugʻat (original) (raw)

da-raxt

DARAXT Bu ot ПРСda [deräxt] shaklida (213), ТжРСda daraxt shaklida (116) yozilgan; demak, oʻzbek tiliga tojik tilidan olingan; 'tana qoʻyib, shox va novdadar chiqarib oʻsadigan koʻp yillik oʻsimlik' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 209). Soʻzlashuv tilida bu ot oxiridagi t tovushi tushirilib, darax tarzida ham aytiladi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Forschadan درخت - daraxt, nihol; buta

Tana qoʻyib, shox va novdalar chiqarib, tomir otib oʻsadigan koʻp yillik oʻsimlik. ◆ Mevali daraxt.Mevasiz daraxt.Olma daraxti.Daraxt shoxlarida iliq tomchilardan seskanib uygʻongan goʻdak kurtaklar tabassum qiladi. O‘tkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“Devorlar boʻylab har xil mevali daraxtlar: shaftoli, olma, nok, olucha, jiyda. Oybek, „Tanlangan asarlar“Bodom daraxti yer tanlamaydi: toshloq, qumloq joylarda ham bemalol oʻsaveradi. Gazetadan

joyini oʻzgartirish ning daraxt

| | birlik | koʻplik | | | -------------------- | ---------- | ------------- | | Bosh kelishik | daraxt | daraxtlar | | Qaratqich kelishigi | daraxtning | daraxtlarning | | Joʻnalish kelishigi | daraxtga | daraxtlarga | | Tushum kelishigi | daraxtni | daraxtlarni | | O‘rin-payt kelishigi | daraxtda | daraxtlarda | | Chiqish kelishigi | daraxtdan | daraxtlardan | | Vosita kelishigi | daraxtla | daraxtlarla |

og‘och

oʻt, o‘lan, maysa

daraxt (koʻplik daraxtlar)

Bogʻbon

OʻTIL

Ruscha ru

daraxt дерево (на корню); ◆ meva ~i или ◆ mevali ~ фруктовое, плодовое дерево; ◆ olma ~i яблоня; ◆ ~ oʻtkazmoq сажать деревья; ◆ ~ bir joyda koʻkaradi посл. дерево растет (только) на одном месте; ◆ ~ koʻp joy местность, богатая древесной растительностью.