dayus - Vikilugʻat (original) (raw)
da-yus
arabcha — qoʻshmachi.
- Oʻz xotinini birovga qoʻshib beruvchi; qoʻshmachi, dalla. ◆ Sidiqjonning rangi boʻzarib ketdi: — Men dayus emasman! Bunaqa qoʻshmachilik sizlardan keladi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
- Qattiq soʻkish iborasi. ◆ Oʻh, dayus!.. Bu pichoq necha gunohsizning yostigʻini quritgan ekan! A. Qodiriy, „Obid ketmon“ . ◆ Uyidan ilon chiqdimi bu dayusning, kallai sahar izgʻib qolibdi? Tohir Malik, „Ajab dunyo“ .
- din. Ayoli va oila aʼzolarini begonalardan qizgʻanmaydigan, rashk qilmaydigan, ularni boshqa kimsalarga nisbatan nopok xatti-harakatlariga befarq odam.
ДАЮС. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.