favvora - Vikilugʻat (original) (raw)

fav-vo-ra

[ arab. – qaynab toshgan, koʻpirgan narsa, fontan ]

kt.

1 Kuchli (tabiiy yoki sunʼiy) bosim bilan yuqoriga otilib turadigan gaz, neft, suv, suyuqlik.

2 Suvni ana shunday harakatga keltiruvchi qurilma, inshoot; fontan. ◆ Ikki kvartal naridagi keng xiyobon juda oʻtirishli joy: oʻrtasi gulzor, kichkina favvorasi bor. F. Musajonov, „Himmat.“

Favvora urmoq koʻchma Joʻsh urmoq, avjiga chiqmoq. ◆ Adolat chashmasi favvora urdi, Xiyonat balchigʻin har yonga surdi. Habibiy.Hademay toʻy karvoni yigit uyi tomon yoʻl oldi. Karvon oʻtgan koʻchalarda toʻy shodiyonasi favvora urib bordi. M. Ismoiliy, „Odamiylik qissasi.“

ФАВВОРА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.