gala - Vikilugʻat (original) (raw)
ga-la
Forschadan - toʻda, poda, uyur.
- Bir turdagi qush, hayvon-jonivorlar toʻdasi. ◆ [Botirali] Sharpaga ortiq parvo qilmay, qushlar galasini zavq bilan tomosha qila boshladi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . ◆ Qushlar galasi bezovtalanib, daryo tomonga tez uchib oʻtdi. Nazarmat, „Joʻrlar baland sayraydi“ .
- Bir toʻda odam, olomon. ◆ Qizlar galasini koʻrgan Bozorov ot boshini oʻsha yoqqa burdi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ ◆ Ancha yigʻilishib kelibdi gala bachchalar. "Yusuf va Ahmad"
Bir gala Ancha, koʻp. ◆ -Yigitlarning rashki yomon boʻladi, ehtiyot boʻl, — deb bir gala gapni qulogʻiga quydi. Oydin, „Oʻzidan koʻrsin“ .
ga-la
Fransuzcha gala
Oʻtmishda: Yevropa podsholari saroyida boʻladigan tantanali bayram; hozirda: ot turkumidagi soʻz bilan qoʻshilgan holda tantanali, yorqin, xalqni, ommani oʻziga jalb etuvchi tomosha. ◆ Gala-konsert.
ГАЛА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Ruscha ru
gala
1 стая; ◆ bir ~ qush стая птиц; ◆ hoy, ~, ~yu, hoy, hoy! возглас, которым, отпугивают птиц, клюющих посевы или виноград;
2 группа; ◆ bir ~ otliq группа всадников;
3 свора, толпа; орава; орда; ◆ bir ~ целая орава;
4 обл. стадо, табун.