ish - Vikilugʻat (original) (raw)
ish
ISH ’mehnat faoliyati’. Pajta dalalarida i sh haynaydi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli i:sh tarzida talaffuz qiliŋgan (ЭСТЯ, I, 395); oʻsha davrlardayoq i: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (ПДП, 381; DS, 214): i:sh > ish.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
- Inson faoliyati bilan bogʻliq, uning mehnati bilan amalga oshadigan, bajariladigan narsa. ◆ Dalada ish koʻp. ◆ Bor-yoʻgʻi bir kunlik ish qoldi. ◆ Ishlayman deganga ish topiladi. ◆ Xayrli ish. ◆ Mashaqqatli ish. ◆ Ishlay desam - ish boʻlmasa, dehqonchilik qilay desam - yer boʻlmasa. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆ Yoʻlchi ishga razm solib, qaydan boshlash kerakligini oʻyladi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ -Hay Adol, qiz bolalarni frontga olmas emish. -Qizlarni ham olaversa, daladagi ish kimga qoladi. Ibrohim Rahim, „Chin muhabbat“
- Ishning ijrosi, ish ustidagi faoliyat, mehnat. ◆ Ishdan qoldirmoq. Ishga kirishmoq. ◆ Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. Maqol ◆ Qari kelsa - oshga, yosh kelsa - ishga. Maqol ◆ Ular meʼmorga koʻzlari tushishi bilan, bir daqiqa ishni toʻxtatib, bosh irgʻab salom berishdi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ ◆ Ustaxona darvozasidan kirishimiz bilanoq sexlarda sut qaynayotganligining guvohi boʻlamiz. Gazetadan ◆ Qurbon otahech kimning esiga kelmagan bir yaxshi ishni boshladilar. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
- Ish-faoliyatning mahsuli, undan yuzaga kelgan (yaratilgan) narsa. ◆ Rassomning koʻrgazmaga qoʻygan ishlari. ◆ U yaratgan ishlar mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. ◆ Yoʻlchining bajargan ishiga koʻz yugurtirib, oʻzicha oʻyladi: "Devkor yigit ekan". Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Bu ishing biror olimning qoʻliga tushib qolsa bormi, dissertatsiya yoqlardi. To‘xtash Ashurov, „Oq ot“
- Maʼlum haq, evaz hisobiga qilinadigan ish-faoliyat, mehnat. ◆ Bechora ish qidirib, boshi oqqan tomonga borar ekan. Oybek, „Nur qidirib“ ◆ Toshkentda ish topsam, balki qolarman. Oybek, „Tanlangan asarlar“
- Xizmat vazifasi; lavozim. ◆ Ishga kirmoq. ◆ Shu ishda ishlab kelyapti. ◆ Sizni boʻshatishadimi, yoʻqmi - sizni bu ishga kim tayinlagan boʻlsa, oʻshandan soʻrang! Odil Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa“ ◆ Bu gap korxonaga ovoza boʻlib, Jonfigʻonni oʻsha zamoniyoq ishdan haydashibdi. Abdulla Qahhor, „Qanotsiz chittak“ ◆ Dadamni ilgari katta-katta ishlarda ishlagan deyishadi. Ergash Raimov, „Ajab qishloq“
- s. t. Boʻsh ish oʻrni. ◆ Koʻp joyga uchradim, lekin "ish yoʻq" degan javob oldim.
- Mehnat-faoliyatning muayyan sohasi, turi; kasb. ◆ Hayotda shunday odamlar boʻladi-ki, ular butun umrlarini faqat bir ishga, biron kasbga bagʻishlagan boʻladilar. X. Yodgorov, „Hayot toʻlqinlari“ ◆ Xudo koʻnglingizga solib, shu ishni [sartaroshlikni] ixtiyor qilibsiz - kam boʻlmaysiz. Ergash Raimov, „Ajab qishloq“
- Burch. ◆ Ozodashkka doimiy eʼtiborda boʻlish - barchaning ishi. ◆ [Ellikboshi:] Mahalladagi yigitlarning bari manga maʼlum.. Bilish mening ishimda. Oybek, „Tanlangan asarlar“
- Hal etilishi lozim boʻlgan narsa; masala, muammo. ◆ Ishning yengil koʻchishiga sevingan ona Otabekning bu shartiga lom demasdan koʻndi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ Yasovulboshi xon ikkalasigina tushunadigan tilda ishni pishirib qoʻygan edi, shuning uchun-mi, murtini silab kuldi. Sa’dulla Siyoyev, „Yorugʻlik“ ◆ ..ayniqsa, kundoishk ishi qiyin, kosa kosogo tekkanda, gʻidi-bidi gaplar koʻpaysa.. oʻgʻlingga ham tatimay qoladir. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
- Oʻzgaga, oʻzga manfaatiga qarashli yumush; hojat. ◆ Kel, qoʻzim, nima ishing bor? Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Yurt ishiga yaramagan bola qay ishga yaraydi? Said Ahmad, „Ufq“
- Xos ish, xatti-harakat. ◆ Oldiga qoʻyganni yemak - hayvonning ishi, ogʻziga kelganni demak - nodonning ishi. ◆ Vaʼdaga vafo - mardning ishi. ◆ Avaz, yigitning ishi tavakkal, deb chap tomonga burildi. Sa’dulla Siyoyev, „Yorugʻlik“
- Voqea, hodisa. ◆ Oʻz uyida oʻtirgan qiz bir kechada gʻoyib boʻlsin, tavba! Juda xunuk ish, Olimxon aka? Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Nizomjon uning avzoyidan juda xunuk ish boʻlganini fahmladi-da, yoniga oʻtirdi. Said Ahmad, „Ufq“ ◆ Boshing sogʻ boʻlsa, hali Toshkentda koʻp ajoyib ishlarni koʻrasan, yigitcha! Oybek, „Tanlangan asarlar“
- Ahvol, holat. ◆ Hozir ish boshqa: Yoʻlchi qamoqda. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Xoʻsh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkentda nima gaplar bor? Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ Har yerda dehqonning ishi chatoq. Yeri boʻlsa, u lovi ioʻq, ulovi boʻlsa, yeri yoʻq, koʻpida ikkisi ham yoʻq. Oybek, „Tanlangan asarlar“
- Gap-soʻz, gap-soʻz boʻlgan narsa(lar). ◆ Nega desang, mazmunidan ham koʻrinib turib-diki, bu ikkinchi uylanishga Otabek butunlay qarshi boʻlib, faqat bu gap qudalarninggina ishlaridir. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
- huq. Sud yoki maʼmuriy organlarda koʻriladigan narsa, jarayon. ◆ Fotima ustidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. To‘xtash Ashurov, „Oq ot“ ◆ Shu telefon sabab boʻldimi.. bir-ikki kundan keyin ishim boshqa tergovchiga oʻtib, tezlashib ketdi. Odil Yoqubov, „Izlayman“ ◆ Yer toʻgʻrisida bir chatoq odam bilan sudlashib yurgan edi, sud ishni buning zarariga hukm qilganmikan, deb oʻyladi. Oybek, „Tanlangan asarlar“
Boshiga ish tushmoq - kimsa uchun noxush, tashvishli hol yuz bermoq. ◆ Boshimga ish tushdi. Farzandim Nizomiddin qatl etildi.. Mirmuhsin, „Meʼmor“
Boʻlar ish boʻldi - yuz bergan ish-hodisa oqibatini tuzatib, oʻnglab boʻlmasligini qayd etadi. ◆ Nimani gaplashaman! Boʻlar ish boʻlgan-ku! Men uning yuziga qarolmayman endi. Komil Yashin, „Hamza“
Dunyoning ish(lar)i - kishiga bogʻliq boʻlmagan, kishi ixtiyoridan tashqari ish(lar). ◆ Dunyoning ishlari shunaqa teskari ekan, boshi-oxiri yoʻq.
Ish bermoq - 1) asqatmoq, kunga (ehtiyojga) yaramoq. ◆ Uni mashinalar bilan kovlab boʻlmaydi, faqat ketmon, belkuraklargina ish berishi mumkin. Jonrid Abdullaxonov, „Toʻfon“ ◆ Ammo toqqa chiqishda Boburning oʻsmirligi juda ish berdi. Pirimqul Qodirov, „Yulduzli tunlar“ 2) xizmat qilmoq. ◆ ..Yormatgami yo boshqa bir sobiq qarolga uzoq ish berib iyigʻi chiqqan, peshonasi qiyshiq etikni kiydi.. Oybek, „Tanlangan asarlar“
Ish bitmaydi - maqsadga erishib boʻlmaydi, natija chiqmaydi. ◆ Ha, kolxozga kirgandan keyin uncha-muncha vaʼz aytishni ham bilish kerak boʻladi, busiz ish bitmaydi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ ◆ Urushning oti oʻchsin, urush boʻlmasin, deyish bilan ish bitmaydi. Gazetadan
Ish katta - biror ish-narsaning hajm, daraja va b. eʼtibori bilan meʼyoridan ortiq, zoʻr holatini qayd etadi. ◆ Ishlar katta-ku, usta! Doʻkonlarni ham qurib yuboribsiz!A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ Ehhe, ish katta-ku. Omad tilayman.. Oybek, „Tanlangan asarlar“
Ish ko‘rgan - hayot, ish (amal) tajribasi katta, koʻpni koʻrgan, koʻp voqea-hodisalar, qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. ◆ Qoʻshin ichida eng ish koʻrgan, qilich chopgan bahodirlarni saralab, qorovul tuzib, buni Shayx Temurga, Zunnun Argʻunbekka topshirdi. Oybek, „Navoiy“ ◆ Mirzo saroyidan bizga yetib kelgan maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, fargʻonaliklar bizdan kam, ish koʻrgan sarbozlari oz, kishilari qoʻrquvda.. Mirmuhsin, „Meʼmor“
Ish koʻrmoq - 1) muayyan yoʻl bilan ish olib bormoq; ish tutmoq. ◆ Uning yor-doʻstlari behisob, oʻylab ish koʻrish lozim, hazratim. Komil Yashin, „Hamza“ ◆ Muxbirlikda ham oshnachilik, qoʻshnichilik bilan ish koʻriladimi? "Guldasta" 2) ishni amalga oshirmoq, ishning harakatini qilmoq. ◆ Man shu yerdan qochirishda sir ochilib qoladimi, deb juda qoʻrqqan edim. Lekin juda qulay fursatda ish koʻrdik. Oybek, „Tanlangan asarlar“
Ish koʻrsatmoq - 1) namunali, qoyil qoladigan ish qilmoq. ◆ ..uchala xatimga ham "Seni mudofaa qilishda ayrim ish koʻrsatganim uchun orden oldim", deb javob qaytardilar. Abdulla Qahhor, „Oltin yulduz“ ◆ Duchor kelganini koʻkka otarman, Ish koʻrsatib, yorim olib ketarman. "Alpomish" 2) s. t. yoqimsiz (koʻngilsiz) ish qilmoq; qiliq qilmoq. ◆ Kecha toʻyda kayfi oshib, rosa ish koʻrsatibdi.
Ish tashlamoq - ommaviy suratda ishni toʻxtatmoq. ◆ Bundan uch yil burun.. Simxoyev zavodidagi yerlik ishchilar.. ish tashladilar. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“
Ish tutmoq - maʼlum yoʻl-yoʻriq, shart-sharoit va sh. k. bilan hisoblashgan holda ish olib bormoq, ish yuritmoq. ◆ Azizim, siz otdan tushsangiz ham, egardan tushmaysiz. Orqa-oldiga qarab ish tutmoq kerak. Jumaniyoz Sharipov, „Xorazm“ ◆ Sizga jon kerak boʻlsa, shundoq ish tutasiz, rozimisiz? Komil Yashin, „Hamza“ ◆ Insof yuzasidan ish tuting, boyvachcha aka. Komil Yashin, „Hamza“
Ish chiqarmoq - 1) biror natijaga erishmoq, biror ish qila olmoq. ◆ Bu borishdan biror ish chiqara oldimi, yoʻqmi - bu toʻgʻrida biz kelasi fasllarning birida oʻrganarmiz. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ Besh marta qarshi ataka qilib, hech ish chiqara olmagandan keyin quturgan, endi qurshovda qolib, jon talvasasiga tushgan dushman.. Abdulla Qahhor, „Oltin yulduz“ 2) kutilmaganda nomaʼqul ish (qiliq) qilib qoʻymoq. ◆ Sherigingga ehtiyot boʻl, yonidan jilma. Yana biron ish chiqarib oʻtirmasin.
Ish yuritmoq (yoki yurgizmoq) - q. ish tutmoq. ◆ El, yurt ulugʻlari! Xudo yoʻliga koʻzingizni oching! ..haqiqatga qarab ish yuritinglar! Komil Yashin, „Hamza“ ◆ -Hovliqma, zimdan ish yurgiz! - sekingina soʻzlab hovlida qoldi Qoratoy. Oybek, „Tanlangan asarlar“
Ishga solmoq - 1) ishga jalb qilmoq; ishlatmoq. ◆ Oʻrmonjon akam shuni ham ishga soldilar, odam qildilar. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ ◆ Ammo Asrora [Dildoraning] noz-firoqlariga qaramay, turtkilab-turtkilab ishga solardi. Said Ahmad, „Ufq“ 2) ishida foydalanmoq; ishlatmoq. ◆ Elchi hozir oʻz podshohining topshirigʻini bajarish uchun butun ayyorligini ishga solar, tilyogʻlamalik qilib, Toʻmarisni koʻklarga koʻtarar edi. Mirkarim Osim, „Ajdodlarimiz qissasi“ ◆ Chol butun quvvayi nutqini ishga solib, yana yalindi. Oybek, „Tanlangan asarlar“
Ishdan chiqmoq - 1) ish-mehnat qobiliyatini yoʻqotmoq. ◆ Rahmatli erim mardikor edi.. kasalga chalinib, ertaroq ishdan chiqib qoldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Nekqadam qarigan, ishdan chiqqan edi. Sadriddin Ayniy, „Qullar“ 2) yaroqsiz holga kelmoq. ◆ To adirning etagiga yetguncha, Turgʻunoyning kavushi ishdan chiqdi, adirga mahsichan chiqishga toʻgʻri keldi. Abdulla Qahhor, „Maston“ ◆ Lekin u oʻylagancha boʻlmadi, ikki kiahi zang bosib ketgan.. ishdan chiqqan beshotarni olib kelib berdi. Jumaniyoz Sharipov, „Xorazm“
Ishdan qolmoq - 1) ayn. ishdan chiqmoq 1. ◆ Mariyaning baxtiga qarshi, amaki sil kasalligiga uchrab, ishdan qoldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ 2) chalgʻish va b. sabab bilan ishni moʻljaldagicha qila olmaslik. ◆ Tan bilan boʻlib, ancha ishidan qoldi.
Ishdan qoʻymoq (yoki qoldirmoq) - bajarib turgan ish-vazifasidan vaqtincha chalgʻitmoq, uni bajarishga xalaqit bermoq. ◆ Yoʻlchi.. Shoqosimni ishdan qoʻymaslik uchun, ikki-uch minutda voqeani soʻzlab berdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“
Ishi boʻlmaslik - aralashmaslik, eʼtibor bermaslik. ◆ -Sening ishing boʻlmasin, - deb gʻazab bilan javob berdi amakisi. Parda Tursun, „Oʻqituvchi“ ◆ ..mehmonlar kimlar va nima uchun kelganliklari bilan ishi boʻlmay.. soʻzlab ketdi. Abdulla Qaqhor, „Asarlar“
Ishi yoʻq - Eʼtibor bermaydi. ◆ Uning atrofidagilar bilan ishi yoʻq, oʻz ishi bilan mashgʻul. ◆ Xonning oʻlik-tirik bilan ishi yoʻq emish. Joni halak, deydilar. Sa’dulla Siyoyev, „Yorugʻlik“
Ishi nima - q. nima ishi bor. ◆ Sizlarni koʻrolmas ekan. Boʻlmasa, bularning ishi nima? Parda Tursun, „Oʻqituvchi“
Ishi tushmoq - kimsaga biror iltimos, hojat bilan murojaat qilmoq. ◆ Bir joydagi odammiz, yana bir-birimizga ishimiz tushadi, otaxon! Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ ..Anvarga ishi tushib, uning shafqatini koʻrgan Safar boʻzchi kabilar bu xabardan juda ham xursand. Abdulla Qodiriy, „Mehrobdan chayon“
Ishning beliga tepmoq - ishning bajarilishiga, meʼyorida boʻlishiga xalal bermoq (toʻsqin boʻlmoq). ◆ Hech narsa topilmagach, uyini tintish uchun hovliga kirishgan edi, burchakda tinimsiz vakillab turgan it ishning beliga tepdi. "Mushtum" ◆ Qochib qayerga ham borardi.. Shunchaki ishning beliga tepganiga achinasan kishi. Sunnatilla Anorboyev, „Oqsoy“
Ishning koʻzini bilmoq - ishning bajarilish, bitish yoʻl-yoʻrigʻini yaxshi bilmoq. ◆ Qaynatam ishning koʻzini biladigan odam. Xizmatkorlari bari yaxshi ishlaydi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Ishchan, juda-juda ishchan odam. Ishning koʻzini biladi.. butun hisob-kitob ishlarini shu eplab turipti. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
Koʻngil ishi - kishi ichki dunyosiga, koʻngli-diliga bogʻliq ish(lar). ◆ Asrora oʻylab qarasa, koʻngil ishi nozik narsa ekan. Said Ahmad, „Ufq“
Nima ishi bor - daxldor emaslik, aloqa, munosabati yo‘qlikni qayd etadi. ◆ Qayerdadir qamishzorda bir nomaʼlum devonani it gʻajib ketgan boʻlsa, bunda kimning nima ishi bor? Asqad Muxtor, „Qoraqalpoq qissasi“ ◆ Sening koʻngling, sening umiding bilan kimning nima ishi bor! Parda Tursun, „O‘qituvchi“ ◆ -Mening nima ishim bor. -Albatta, ishing boʻlmasin. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
Olloning (yoki xudoning, taqdirning, falakning..) ishi - umuman, inson (bandasi)ga xos boʻlmagan ish. ◆ Chirqillang, togʻning qushlari, Bu ish Olloning ishlari. "Yusuf va Ahmad" ◆ Bu ishlar falakning ishi.. "Yusuf va Ahmad" ◆ Hammasi ham taqdirning ishi, amaki, bu yerda siz bilan mening hech bir ixtiyorimiz yoʻq. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
Oʻz ishini qilmoq (yoki koʻrsatmoq) - muayyan omil, sabab bilan bogʻliq yuz beradigan ish, narsa-hodisa roʻy bermoq, amalga oshmoq, roʻyobga chiqmoq. ◆ ..oradan oʻtgan oʻn yil oʻz ishini qilgan - eshon anchayin keksaygan, hatto yuz terisi ham olachipor boʻlibketgan edi. Parda Tursun, „Oʻqituvchi“ ◆ Uning ham, buning ham ayrilgisi kelmas edi. Lekin vaqt oʻz ishini qildi - oyni gʻarb ufqidan tortib kirib ketdi. Demak, tong otdi. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆ Itning instinkt va reflekslari oʻz ishini koʻrsatgan edi. O. Moʻminov, „Xiyobondagi uch uchrashuv“
Oʻtgan ishga salavot - oʻtgan ish oʻtdi, boʻlar ish boʻldi (boʻlib oʻtgan ish haqidagi gapni toʻxtatish, unga qaytmaslikni qayd etadi). ◆ Xoʻsh, oʻtgan ishga salavot. Qalay, ekinlarimiz durustmi? Oybek, „Tanlangan asarlar“
Qoʻlidan ish kelmoq - muayyan ish(lar)ni oʻzicha uddalamoq, qila olmoq. ◆ Durust, sen samolyot yasolmaysan, ketmon chopolmaysan.. lekin qilaman desang, qoʻlingdan ish keladi. Abdulla Qahhor, „Asror bobo“
ish
Tikishga bog‘liq ma’nosida, ish so‘zi Yoqutchadagi иис so‘zila o‘zakdosh bo‘lishi mumkin.
maxs. Bir juft poyabzalga yetarli teri boʻlagi yoki muayyan kiyimga yetarli gazlama. ◆ Bu teridan toʻrtta ish chiqarish mumkin. ◆ Ish bichmoq. ◆ Ish tikmoq.
ИШ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Ruscha ru
ish I
1 работа; труд; // рабочий; ◆ ~ kuni рабочий день; ◆ ~ normasi (букв. норма работы) норма выработки; ◆ ~ haqi плата за работу; заработная плата; ◆ ~ hayvonlari рабочий скот; ◆ amaliy ~ практическая работа; ◆ ilmiy ~ научная работа; ◆ qoʻshimcha ~ 1) дополнительная работа, нагрузка; 2) сверхурочная работа; ◆ ~ga layoqatli (или yaroqli) работоспособный; трудоспособный; ◆ ~ qilmoq работать, поработать; ◆ ~ koʻrsatmoq ; 1) показывать хорошую работу, проявлять себя в работе; 2) перен. отколоть номер, выкинуть коленце; ◆ ~ga boshlamoq (или tushmoq, kirishmoq) приниматься за работу, начинать, работать; ◆ astoydil ~ga tushmoq со рвением приниматься за работу; ◆ ~ida davom etmoq продолжать работу, не прерывать работы; ◆ ~dan olmoq снимать с работы, увольнять; ◆ ~dan chiqmoq 1) уходить с работы; 2) портиться, выходить из строя; сработаться; ◆ ~dan chiqarmoq 1) освобождать от работы, снимать с работы, увольнять; 2) выводить из строя, портить; сработать (напр. инструмент); ◆ ~dan qolmoq 1) терять работоспособность, терять трудоспособность; 2) терять рабочее время, простаивать; ◆ ~dan qoʻymoq мешать работать, отвлекать от работы; ◆ ~ ishtaha ochar, dangasa ~dan qochar погов. работа возбуждает аппетит, а лодырь бежит от работы; ◆ ~ tashlash (или tashlov) забастовка; ◆ ~ tashlovchi забастовшик;
2 дело; ◆ bu ~ 1) это дело; 2) это; ◆ bu ~da 1) в этом деле; 2) в этом; ◆ ~ bermoq пойти в дело; пригодиться; послужить; помочь (в каком-л. деле); ◆ ~ bilarmon см. ishbilarmon; ◆ boʻlar ~ boʻldi дело прошлое; что было, быльём поросло; ◆ gap desang - qop-qop, ~ desang - ola togʻdan top погов. (букв. разговоров - мешки, а что касается дела - поищи на пёстрой горе) разговоров - с три короба, а дела ни на грош; ◆ ~ joyida (букв. дело на месте) всё в порядке; ◆ uning ~i joyida его дела хороши, у него дела идут хорошо; ◆ uning sizda ~i bor у него есть дело к вам; он чего-то хочет от вас; ◆ ~ koʻrmoq предпринимать (что-л.); действовать; ◆ unga ~im tushdi у меня было к нему дело; ◆ ~ chiqarmoq получать (какой-л.) результат; ◆ bundan ~ chiqmadi из этого ничего не вышло; ◆ ~(ga) buyurmoq поручать дело; ◆ bolani ~ga buyur, ketidan oʻzing yugur погов. поручи ребёнку дело, сам беги вслед за ним; ◆ ~ga solmoq 1) пускать в ход; применять, употреблять; пускать в дело; использовать (кого-л.) в своих интересах; ◆ Oʻris orasida yurib, besh-oʻnta soʻz oʻrganib olganman, shuni ~ga solaveraman (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Сталкиваясь с русскими, я заучил пять-десять слов и ими пользуюсь; 2) ставить наработу; ◆ ~ga tushirmoq пускать в ход; ◆ qilgan ~iga pushaymon boʻlmoq раскаяться в содеянном; ◆ ~lar mudiri управляющий делами (управделами); ◆ ~ning tagi loyqa (букв. основа дела мутная) дело нечисто; ◆ shu ham ~mi? разве это дело?; ◆ ~ni xom (или chala) qilmoq не доделать, не довести дело до конца; ◆ ~ning koʻzini bilmoq хорошо (умело) работать; знать, как надо работать; быть мастером своего дела; ◆ ~ning koʻzini biladigan odam 1) знаток (мастер) своего дела; 2) довольно хитрый человек; ◆ ~ning koʻzini topmoq ухитриться; схватить быка за рога; понять в чём суть дела; ◆ ~ koʻp много работы, много дела; ◆ unda ~ koʻp от него многое зависит; ◆ ~ chatoq дело (обстоит) плохо; дела плохи;
3 деятельность; ◆ olimlarning aniq fanlar sohasidagi ~i деятельность учёных в области точных наук; ◆ razvedkaning qidiruv ~lari воен. поиски разведчиков; ◆ "Maysaraning ~i" «Проделки Майсары» (название произведения Хамзы Хакимзаде); ◆ bu bizning ~imiz emas это не входит в наши функции, не является нашей задачей;
4 юр. дело; ◆ ~ tergov organiga havola qilindi дело передано следственным органам; ◆
- ~ qilib одним словом, как бы то ни было; ◆ ~ koʻrgan odam опытный человек; ◆ ~ni pishirmoq договариваться; согласовывать (что-л.); ◆ ~ bermoq служить, послужить (в качестве кого-чего-л.).