kaptar - Vikilugʻat (original) (raw)
kap-tar
KAPTAR q. kabutar ’
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
|forscha J3
1. Rang-barang tusli va turli katta-kichiklikdagi xonaki yoki yovvoyi qushlarning umumiy nomi.
◆ Oq kaptar. Koʻk kaptar. Chinni kaptar. Gev kaptar. Yana qanday deng, eng oʻyinchi, serparvoz kaptarlarimdan ajraldim. A. Qodiriy, „Obid ketmon“ .
Qalin tumshuqli yashil kaptar
2. Tinchlik kaptari Tinchlik timsoli boʻlmish oq kaptar.
◆ Qudratimiz, shonimiz darakchilari, Tinchligimiz timsoli kaptar yotibdi. Y. Mirzo, „Oʻgʻil mehri“ .
КАПТАР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Ruscha ru
kaptar
голубь; ◆ buqoq ~ голубь-дутыш; ◆ yovvoyi ~ дикий голубь; ◆ koʻk ~ сизый голубь; ◆ pochta ~i почтовый голубь; ◆ urgʻochi ~ голубка (самка голубя); ◆ xonaki ~ домашний голубь; ◆ chin ~ турман; ◆ ~ goʻshti голубятина; ◆ ~ rang сизый; тёмно-голубой; ◆
- tinchlik ~i голубь мира.