karta - Vikilugʻat (original) (raw)

kar-ta

lotincha: cart, charta < yunoncha: kartis — papirus bargi; qogʻoz

1. Yer sathining, boshqa osmon jismlari yoki osmon gumbazining qogʻoz, taxta kabi tekislikka chizilgan shartli tasviri; xarita.

Geografik karta. Maʼmuriy-siyosiy karta. Yulduzlar kartasi. Olimlar karta — dunyoning fazoviy, tasviriy obrazidir, deb taʼrif berishgan. Fan va turmush .

Jonajon oʻlkamiz va no-tanish yurtlarni oʻrganish maqsadida karta boʻylab qanchadan-qancha “sayohat” qilganmiz. Fan va turmush .

2. Har biri oʻziga xos rangi, tasviri, xoli, ochkosi bilan farqlanuvchi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi oʻyin qogʻozlari das-tasi va ular vositasida boʻladigan oʻyin; qarta.

Baʼzan kartani besh kishi boʻlib oʻynashardi. Yo. Haimov . Rahmon, Hayot-mamot.

Poyezd Yan-giyoʻldan oʻtmasdanoq yon-veridagi kupeda ke-tayotgan kishilar Salimxonni koʻrib qolishib, birin-sirin kirib, kupe toʻldi. Karta oʻyini boshlanib ketdi. Mirmuhsin, „Umid“ .

3. Biron-bir maʼlumot(lar) bilan toʻldiriladigan blank, varaqa.

Sanatoriya-kurort kartasi.

4. maxs. Ichida magnitli axborotlar yozilgan va turli hisob-kitoblar uchun foydalaniladigan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi guvohnoma, hujjat.

Kredit kartasi.

kar-ta

forscha: szjS. — marza, joʻyak; marza bilan oʻralgan ekin maydoni

Yerning, dalaning alohida, toʻgʻri toʻrtburchak shaklida ajratilgan boʻlagi, bir boʻlak dala.

Traktor brigadasi bugun Shirinbuloq uchastkasi-dagi soʻnggi kartalarning shudgorini tamomlaydi. Y. Shamsharov, „Orzigul Toʻraboyeva“ .

КАРТА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Ruscha ru

karta геогр. карта; ◆ geografik ~ географическая карта; ◆ siyosiy ~ политическая карта; ◆ maʼmuriy ~ административная карта;
2 с.-х. карта (участок на поле).