kecha - Vikilugʻat (original) (raw)
ke-cha
KECHA I ' sutkaning quyosh botgandan quyosh chiqquncha boʻlgan qismi', 'tun'. ◆ Razvedkachilarimiz .. uzoq kechani mizgʻimay oʻtkazdilar. Sharof Rashidov Bu ot qadimgi turkiy tilda 'belgilangan muddatdan ancha keyin' maʼnosini anglatgan kä:ch ravishidan (ЭСТЯ, III, 50) -ä qoʻshimchasi bilan yasalgan (ПДП, 392), keyinroq birinchi boʻgʻindagi ä: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan, soʻngra bu unli e unlisiga almashgan (Devon, III, 238; DS, 291): kä:ch + ä = kä:chä > kächä > kechä.
KECHA II 'bugundan oldingi kun'. Ahmadjon .. k ye-ch a institutda Aziz kandidatlik dissertai,iyasi yohlagan vahtda hizib ketgan bahsni eslab ketdi (Hamid Gʻulom). Bu ravish qadimgi turkiy tilda yasalgan kecha I otidan maʼno taraqqiyoti natijasida oʻsib chiq-qan: payt oti —> payt ravishi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
- Sutkaning qorongʻi tushgandan tong otguncha oʻtadigan qismi; tun. ◆ Oydin kecha. ◆ Qorongʻi kecha. ◆ -Oyimni bir oydan beri koʻrganim yoʻq. Bir kecha yonida yotishni orzu qilaman, - dedi yengillanib Nuri. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Sidiqjon yoʻlga tushish niyati borligini aytmasa ham, chol.. bu kecha shu yerda qolishni, erta sahar yoʻlga chiqishni maslahat berdi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
- Biror narsaga bagʻishlangan, odatda rasmiy va badiiy qismdan iborat boʻladigan kechki umumiy yigʻilish. ◆ Mehmonlar bilan vakillarning qizgʻin tabriklari, xayrli tilaklaridan keyin kechaning rasmiy qismi tugadi. Parda Tursun, „Oʻqituvchi“ ◆ Kecha oxirida Oʻzbekiston sanʼat ustalari katta konsert qoʻyib berishdi. Gazetadan
- Bugundan oldingi kun. ◆ Kecha sizni kutgan edim. ◆ Kecha ertalab, shaharni bir aylanib kelayin, deb chiqib ketgan. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
КЕЧА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
kecha
kecha
- Ozarbayjoncha: tərəf
- Bosniyacha: juče
- Ispancha: fiesta
- Inglizcha: party
- Portugalcha: festa
- Shvedcha: parten
- Tuvacha: кежээ
- Uygʻurcha: كېچە
- Yaponcha: 昨日
- Yoqutcha: киэһэ (tun anglamida)
Ruscha ru
kecha
1 ночь; ◆ oydin ~ лунная ночь; ◆ qorongʻi ~ тёмная, глухая ночь; ◆ qoq yarim ~ ровно в полночь; ◆ ~lari ночами; ◆ yarim ~da в полночь; ◆ shu ~ этой ночью; ◆ ~ni ~, kunduzni kunduz deman не считаясь с тем, день или ночь; днями и ночами; ◆ ~yu kunduz днём и ночью, днями и ночами, круглые сутки; ◆ ~yu kunduz ishlash круглосуточная работа;
2 вчера; ◆ ~ kechasi вчера ночью; ◆ ~ kunduzi вчера днём; ◆ ~ kechqurun вчера вечером; ◆ kuni ~ только вчера; ◆ kuni ~ u shu yerda edi-ku! ведь только вчера он был здесь!; ◆ ~dan beri со вчерашнего дня; ◆ ~ kechgacha вчера до вечера;
3 вечер; вечеринка; ◆ adabiyot ~s и литературный вечер.