mezon - Vikilugʻat (original) (raw)

me-zon

arab. – oʻlchov, tarozi; muvozanat; odillik;

1. esk. Tarozi, oʻlchov. ◆ Mezon toshlari.Qiyomat kuni adolat mezoni o'rnatamiz. Agar urug'chalik amalingiz bo'lsa keltiramiz. Xisob ketayotgani kifoya bo'lsin. qurʼon 21:47

2. koʻchma Taqqoslash yoki baholash uchun oʻlchov, andoza. ◆ Mehnat — kishi qadr-qiymatining mezonidir.Darveshali.. har ishga bel bogʻlar ekansiz, elning manfaat va zaruriyatini oʻzingiz uchun bir mezon deb biling. Oybek, „Navoiy.“

3. (M — katta) astr. Oʻn ikki burjning biri, Savr va Saraton burjlari oʻrtasida joylashgan (q. burj).

4. Shamsiya yil hisobida yettinchi oyning arabcha nomi (22 sentyabr — 21 oktyabr davriga toʻgʻri keladi). ◆ Navroʻzdan soʻng qish boʻlmas, mezondan soʻng yoz boʻlmas. Maqol.

5. Baʼzi oʻsimliklarning kuzda havoda suzib yuradigan, oʻrgimchak uyasiga oʻxshash spora tashuvchilari. ◆ Kuz keldi. Suvlar ariqda oynadek tiniq shildiradi, koʻkda mezonlar suzdi. Sh. Gʻulomov, „Tashabbus.“

6. Uzoq choʻzilgan yoz, issiq kuz.

mezonlar

МЕЗОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.