mojaro - Vikilugʻat (original) (raw)

mo-ja-ro

arab. – oʻrtada boʻlgan narsa, ayni shu sababli;

1 Hodisa, voqea (asosan, salbiy voqea-hodisa haqida). ◆ Dahshatli mojarolar.Zaynabning jinni boʻlib.. ogʻasi tomonidan ushlanib, kishanga solingan mojarosi eshitildi. A. Qodiriy, „Utgan kunlar.“Maktablar boʻldi vayron, Imoratlar xaroba. Bu ofat mojaroga Koʻhna falak hamhayron. M. Shayxzoda.

2 Kishining boshidagi, boshidan kechgan tashvish, sarguzashtlar. ◆ Abdurasul oʻz boshidan kechgan mojarolarni soʻzlashga kirishdi. P. Tursun, „Oʻqituvchi.“Bir vaqtlar ishq mojarolarini yolgʻiz ertaklardan tinglagan Gulnor endi oʻzi ishqning olov koʻylagida yashar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar.“

3 Janjal, tortishuv, gʻalva. ◆ Sharofat.. Sidiqjonning gʻashiga tegmoqchi, shu yerda biron mojaro boshlab, dod solmoqchi edi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari.“Yoʻlda xotini bilan tongda boʻlgan mojaroni eslab, koʻngli battar xijil tortdi. Q. Kenja, „Notanish gul.“

МОЖАРО. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

mojaro