pora - Vikilugʻat (original) (raw)
po-ra
PORA Bu ot asli 'parchalangan narsaning bir boʻlagi' maʼnosini anglatadigan pora otidan maʼno tarakqiyoti yoʻli bilan oʻsib chiqkan 194 boʻlib, biror ishni bitirib berishi uchun beriladigan narsa yoki pul' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 598).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
[f. - boʻlak, laxtak, parcha;
hissa, ulush; yirtilgan, kesilgan] (o—uzun) 1 Parchalangan narsaning bir qismi; boʻ-lak, parcha. ◆ Pora boʻlmoq. Pora qilmoq. n ◆ Qudrat, taxta porasi ustida hushsiz qolgan Farhodday, oʻz ixtiyorini unga berib ojiz qoldi. 3. Fatxullin, „Soʻnmas yulduz“ . ◆ Burgut uni changalga olib, Mushuk jagʻin qilibdi pora. Ya. Qurbon . Oʻsma qoʻydingmu qoshingga,
Bunchalar ham qoradur, Bilmadim, bu qosh-laringdan Qancha dillar poradir. E. Vohidov, Yoshlik devoni. ◆ Sening yuragingda laxta-laxta qon, Siynang nimalardan boʻlmagan pora. A. Oripov, „Yillar armoni“ .
2 esk. kt. Toʻda, toʻp, guruh. ◆ Men bir pora yigitlarni olib, yovning orqasiga oʻta bil-dim. Oybek, „Navoiy“ .
3 esk. kt. Asarning tugal qismlaridan biri; qism, boʻlim; bob. ◆ Oʻttiz pora qurʼon-ni yod olmoq.
po-ra
f. ojL — mayda pul, chaqa; xayr-sadaqa: rishva, pora
Biror ishni noqo-nuniy tarzda bitirib bergani uchun man-sabdor shaxsga beriladigan yoki berilgan narsa yoki pul. ◆ Pora olmoq. Pora bermoq. Pora yemoq. yat Aʼzamjon aka hozir pora bilan ish bitkazish mumkinmasligi, pora bergan ham, pora olgan ham qiya boʻlib ketishini aytib qoldi. S. Ahmad, „Saylanma“ . Tavba, poroga kelgan pulni tarozida tortib oladigan odam qanday qilib prokuror boʻlib qoldi ekan?X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati.
ПОРА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.