qandil - Vikilugʻat (original) (raw)
qan-dil
a. Jjoaj - chiroq, chilchiroq, lyustra < yun. kandela — sham, shamchiroq < lot. candela — sham
Bir necha sham yoki lampochka qoʻyiladigan oyokdi yoki osma chiroq; chilchiroq, lyustra. ◆ Devoriy qandil. Osma qan-dil. yat Oltin qandildagi elliklab sham-larning nuri.. uyga bir xayoliylik berar edi-lar. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Oʻrnidan tu-rib, devordagi vklyuchatelni chiqillatgan edi, uch lampali qandil yogʻdusi notinch va hayajonli yuzlarga tushdi. P. Qodirov, „Uch ildiz“ . ◆ Katta dolon, har bir uyda qiy-chuv, yerda chiroq, qandillar osigʻliq. J. Sharipov, „Xorazm“ .
qan-dil
Olma navlaridan birining nomi. ◆ Qandil, simirenko.. olmalar serho-silligidan koʻzingiz quvonib, dilingiz ravshan boʻladi. N. Safarov, „Olovli izlar“ .
ҚАНДИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.