qiymat - Vikilug‘at (original) (raw)
qiy-mat
arab. – boylik, qimmat-baho narsa; qadriyat; narx, baho; qiymat;
1. iqt. Tovar narxi.
2. Pulning xarid qobiliyati; muayyan bozor narxlari darajasida pul birligi hisobiga sotib olish mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori. ◆ Binokorlik ishlarining qiymati ancha kamaytirildi.
3. iqt. Tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan va unda moddiylashgan ijtimoiy mehnati.
4. Savdo-sotiqda: narx, baho. ◆ Mollarning qiymati.
5. koʻchma Kishi yoki narsaning turmushda tutgan oʻrni, ahamiyati, qadri. ◆ Otabekning.. yozgan xatini oʻqib eshitish Kumush uchun katta qiymatga molik edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar.“
6. mat. Oʻzgaruvchan miqdorning maʼlum sharoitdagi kattaligi. ◆ Iksning qiymati.
7. Oʻlchov asboblari shkalasining har bir boʻlimi ifodalagan kattalik.
8. s. t. Qimmat. ◆ Bu kishi: Qiymat behikmat emas, arzon beillat emas, buning tagida bir illat bordir, sabr qilaylik, -deb lanjlik qildilar. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari.“
ҚИЙМАТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Ruscha ru
qiymat
1 эк. стоимость; ◆ qoʻshimcha qiymat прибавочная стоимость; ◆ ishlab chiqarish qiymati стоимость производства;
2 цена, стоимость; ◆ mollarning chakana qiymati розничная цена товаров;
3 перен. ценность, цена; ◆ bu asarning qiymati katta ценность этого произведения велика;
4 мат. значение; ◆ "x" ning son qiymatlari цифровые значения х.