salmoqli - Vikilugʻat (original) (raw)

sal-moq-li

ayn. salmoqdor. ◆ Salmoqli bolgʻa. Salmoqli koʻsaklar. Salmoqli musht.Salmoqli don boshoqlari bu yil ham hosilning yaxshi boʻlishidan darak beradi. Gazetadan.Boshqa xalqlar qatorida oʻzbeklar ham fanga, madaniyatga qoʻshgan salmoqli hissalari bilan dunyoga mashhur boʻlib qolmoqda. N. SafarovOlovli izlar.Oybek urush mavzuida koʻplab salmoqli asarlar yozilganligini koʻp taʼkidlar edi. Gazetadan.Usmon ota katta yoʻlda u yoq-bu yoqqa qarab, salmoqli qadam tashlab borar edi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari.“Birpasdan keyin shu tinchlikda uning yuragidan toʻlqinlanib chiqqan mayin, lekin salmoqli ovozi yangradi. A. Muxtor, „Opa-singillar.“

САЛМОҚЛИ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.