shamol - Vikilugʻat (original) (raw)

sha-mol

Arabchadan - شمال - shimoliy shamol, sovuq shamol

Havoning yer sathi boʻylab (gorizontal) harakati. ◆ Yoqimli shamol.Sovuq shamol.Qattiq shamol turdi.Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda koʻr. MaqolShamol boʻlmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. MaqolOchiq derazadan kirgan mayin shamol qizning.. ikki tola sochini boʻyniga, tomogʻining tagiga tegizib oʻynardi. Said Ahmad, „Bosh ogʻrigʻi“
Koʻkragiga shamol tegmoq - tang holatdan qutulib, erkin, yengil sharoitga chiqmoq, erkin nafas oladigan boʻlmoq. ◆ Sharoitlar yaxshilanib, oddiy xalqning ham koʻkragiga shamol tegdi.
Shamolga uchmoq (yoki ketmoq) - behuda ketmoq, sarf boʻlmoq ◆ ..ozgina yanglishsangiz ham, hamma qilganlaringiz shamolga uchadir. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“Sultonali.. qilgan harakatlarining shamolga ketganini xotirladi. Abdulla Qodiriy, „Mehrobdan chayon“
Shamolga qarshi tupurmoq - oʻziga zarar, yomon oqibat keltiradigan ishni qilmoq. ◆ Bu bola xonning qamchisidan hayiq-madi.. muttasil shamolga qarshi tupuradi. Sa’dulla Siyoyev, „Avaz“
Shamolni ravo koʻrmaydi - nihoyatda ehtiyot qiladi; ardoqlaydi, e’zozlaydi. ◆ Otasi rahmatli, qariganimda koʻrgan bolam, deb shamolni ravo koʻrmagan bolasiga! "Sharq yulduzi"
Qanday (yoki qaysi) shamol uchirdi? - qanday sabab, nimaning sharofati bilan tashrif buyurdingiz, keldingiz? ◆ Darvozani Nuriddinning xotini Halovat ochdi: -E, keling, Nabijon aka, qanday shamol uchirdi? O. Husanov, „Doʻstlar“E, qadamlariga hasanot.. qaysi shamol uchirdi?! "Mushtum"

yel.

ШАМОЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Ruscha ru

shamol
ветер; // ветреный; ◆ yoqimli shamol приятный ветер; ◆ qattiq shamol turdi поднялся сильный ветер; ◆ qaysi shamol uchirib keltirdi? каким ветром вас занесло?; ◆ shamol boʻlmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi погов. (букв. если ветер не дует, верхушки деревьев не качаются) соотв. нет дыма без огня; ◆ tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda koʻr погов. (букв. уж если верблюда уносит ветер, то козу ищи в небе) когда достаётся большим, куда же маленьким деваться; ◆ shamol esayotir дует ветер; ◆ shamoldek tez быстрый как ветер; ◆ shamolga teskari tomon подветренная (заветренная) сторона; ◆ shamol tegirmon ветряная мельница, ветряк; ◆ shamol mashina веялка; ◆