shifokor - Vikilugʻat (original) (raw)
shi-fo-kor
SHIFOKOR Bu ot tojik tilida 'sogʻayish' maʼnosini anglatadigan arabcha shifo otiga (АРС, 210). -kor koʻshimchasini (ТжРС, 542) qoʻshib hosil qilingan boʻlib, 'kasallikdan davolovchi' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 418).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
d. + f. jlSLi-i — shifo-lovchi, davolovchi
- Umuman, kasallikdan xalos qiluvchi; davolovchi. ◆ Shifokorlar qadimgi davrlardayoq zaharli moddalarning inson sihat-salomatligi uchun nafi borligini eʼtirof etganlar. Z. Egamberdiyev, „Zaharning nafi“ ◆ Qishloq vrachi ham shifokor, ham maʼrifatchi boʻlmogʻi zarur. Gazetadan
- Tibbiyot institutini bitirgan va davolash-profilaktika hamda sanitariya-epidemiologiya muassasalarida ishlash huquqiga ega boʻlgan mutaxassis; vrach, doʻxtir. ◆ Yomon shifokorning qotildan farqi yoʻq. Oʻtkir Hoshimov, „Nur borki, soya bor“ ◆ Ish kuni oxirida shifokorlar, hamshiralar, sanitarlar ketib, navbatchilar kelishadi. Gazetadan
ШИФОКОР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.