suv - Vikilugʻat (original) (raw)

Oʻzbekcha (uz)

Vikipediya

Vikipediya

Vikipediyada suv haqida maʼlumotlar bor:

suv (1,2)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

suv

Aytilishi

Etimologiyasi

SUV 'vodorod bilan kislorodning kimyoviy birikuvidan iborat tussiz shaffof suyuqlik'. ◆ Hamma suv deb talpinar, hamma suvga intilar edi. Mirzakalon Ismoiliy Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli sub tarzida talaffuz qilingan (ПДП, 422; DS, 512); keyinroq b undoshi v undoshiga almashgan (Devon, III, 142; DS, 515), hatto v undoshi talaffuz qilinmagan ham (ПДП, 422; ТРС, 550): sub > suv [> su].
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

  1. Vodorod bilan kislorodning kimyoviy birikmasidan iborat rangsiz, hidsiz shaffof suyuqlik; tabiatda muz va bugʻ holida ham uchraydi, barcha tirik organizmlarning va koʻpgina moddalarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. ◆ Qor suvi.Dengiz suvi.Oqar suv.Turgʻun suv.Zilol suvlar, eram kabi bogʻu boʻstonlar, Mening sovgʻam koshonalar, oltin tuproqlar. GʻayratiyAtmosferada suv bugʻ, tuman, bulut, yomgʻir, qor holatida boʻladi.. "OʻzME"
  2. Shunday suyuqlik ichimlik sifatida. ◆ Mineral suvlar.Sadaqaning afzali chanqoq odamlarga suv ulashmoqdir. "Fan va turmush"Organizmga yod oziq-ovqat va suv bilan kiradi. "Fan va turmush"
    Jon (yoki hayot) suvi - 1) hayot bagʻishlovchi, hayot-mamot masalasini hal qiluvchi suv. ◆ Ular oʻzlariga, oʻz yerlariga, oʻz uylariga hayot suvi keltirish uchun.. kurashga boradilar. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ 2) koʻchma hayot bagʻishlovchi, jon, fayz kirituvchi narsa. ◆ Tashqarida bir qoʻsha sozandalar dutor, tanbur, gʻijjak, rubob, nay bilan dunyoga jon suvi sepib, shaharning mashhur hofizlari ashula aytadilar. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“Mashq boiianishi bilan butun vujudimga hayot suvi yugurdi. Abdulla Qodiriy, „Kichik asarlar“
    Suv ichmoq - 1) suv isteʼmol qilmoq. ◆ Ot boshiga ish tushsa, suvligʻi bilan suv ichar. Er boshiga ish tushsa, etigi bilan suv kechar. Maqol 2) sugʻorilmoq. ◆ Sholining orqasidan kurmak suv ichibdi. MaqolKoʻz tikib turgan yerlarimiz eski ariqdan suv icholmaydi, yangi ariqdan taqir icholmaydi, yana azalgiday qaqrab yotaveradi. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“
    Suv yoʻli - kemalar qatnaydigan yoʻl.
    Suv qoʻymoq - sugʻorish uchun suvning yoʻlini ochmoq, sugʻormoq. ◆ Ekinga suv qoʻymoq.
  3. Soy, koʻl, daryo va shu kabilarning suvli sathi haqida. ◆ Suv boʻyi.Suvning narigi beti.Suvning koʻtarilishi.
  4. Tarmeva, sabzavot va sh.k. tarkibidagi shira, sharbat, suyuqlik. ◆ Anor suvi.Sabzining suvi.Bogʻingda ochilgan qizil gullaring, Uzumning suviday shirin tillaring. "Qoʻshiqlar"
  5. Tirik organizm va aʼzolardan ajralib chiqadigan suyuqlik, shira. ◆ Oshqozon suvi.[Yormat] Tumov orqasida burnidan toʻxtovsiz oqqan suvni ham sezmaydi. Oybek, „Tanlangan asarlar“
    Ogʻzining suvi keldi - havasi keldi; yegisi, ichgisi keldi. ◆ Undan narida kattakon doshqozonda osh damlab qoʻyilibdi. Zarchuva solingan, sap-sariq. Ogʻzining suvi kelib ketdi. "Yoshlik"
  6. Umuman, turli narsalar tarkibidagi namlik. ◆ Suvi qochgan non, olmachoy bilan nonushta qilishayotganda, Gadoyboy paydo boʻldi. Hamid Gʻulom, „Feruza“
  7. koʻchma s. t. Maza-matrasi, shirasi yoki jiri yoʻq (meva yoki ovqat haqida). ◆ Qovun qip-qizil suv chiqdi.Bu shoʻrva emas, shildir suv.
  8. Kashtachilikda: toʻgʻri yoki toʻlqinsimon chiziq shaklidagi gul elementi. ◆ Suvi oq, guli turli qiyiqcha.
  9. esk. Oʻn tanobga teng yer oʻlchov birligi. ◆ Har oʻn tanob yer bir suv hisoblanib, mana shu maydon hisobidan ariq tozalashga bir hasharchi yuborilar edi. I. Jabborov, „Koʻhna xarobalar siri“
  10. Turli birikmali nomlar tarkibida keladi, maye., ◆ suv kalamushi, suv echkilari, suv osti kemasi.
    Ancha (yoki koʻp, qancha-qancha) suvlar oqdi - koʻp zamonlar oʻtib ketdi, ancha vaqt boʻldi. ◆ Ha, qizim, undan buyon qancha-qancha qorlar yogʻdi, qancha-qancha suvlar oqdi, u vaqtlarda yosh ekanmiz, farosat oz ekan, koʻp-koʻp kamchiliklar oʻtdi. Sharof Rashidov, „Boʻrondan kuchli“
    Sirkasi suv koʻtarmaydigan odam - q. sirka 1.
    Sirtiga suv yuqtirmaslik - q. sirt.
    Suv boʻlmoq - 1) terlab jiq hoʻl boʻlmoq, terga botmoq. ◆ Bemor isitmalab, suv boʻlib yotibdi 2) erib suvdek boʻlmoq ◆ Temirchining qoʻlida temir erib suv boʻlar. Maqol
    Suv yoʻgʻida tayammum - q. tayammum.
    Suv tekin - q. tekin.
    Suv qilib (yoki suvdek) ichmoq - (yoki ichib yubormoq) - ayn. suv qilmoq 2.
    Suv qilmoq - 1) zimdan oʻzlashtirmoq, oʻzlashtirib, gumdon, yoʻq qilmoq. ◆ Navroʻzda duv-duv gap tarqalgandi: Saidxon kolxozning faloncha pulini gumdon qilib, qamalib yotganmish, pismadonchi molni suv qilib, qoʻlga tushib qolganmish. Sh. Toshmatov, „Tongdagi koʻlanka“ 2) miridan sirigacha puxta egallamoq, besh qoʻlday bilib, yodlab olmoq. ◆ Oʻn yetti kun deganda [Moʻminjonning] xati keldi.. yana xati kelguncha, bilmadim, necha marta oʻqib chiqqanmikinman uni. Xuddi suv qilib yubordim. Q. Maqsumov, „Muhabbat qoʻshigʻi“
    Suv quygandek (tinch, jimjit) - churq etgan ovoz yoʻq, jimjit. ◆ Navoiynig uyi suv quygandek jimjit, hamma oyoq uchida yurar, bir-birlari bilan shivirlashib gapirishar edi. Mirkarim Osim, „Sehrli soʻz“
    Suvga oqizmoq (yoki tashlamoq) - behudaga ketkizmoq, sovurmoq, shamolga uchirmoq. ◆ U [dehqon] molini sotmadi - suvga oqizdi. Yoʻq, suvga oqizgandan battar boʻldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“
    Suvga tushgan nondek boʻshashmoq - juda ham boʻshashib ketmoq, hovridan tushmoq. ◆ [Otabek] Suvga tushgan nondek boʻkib, boʻshashib, yuz xil sovuq, yaramas xayollar qoʻlida ezilib, oʻzining dunyoda bormi-yoʻqligiga ham tushunmay keta beradir. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
    Suvga tushsa, quruq chiqadigan - juda quv, ayyor, har qanday mushkul vaziyatdan sip-silliq qutulib chiqadigan.
    Suvga urib ketmoq - zim-ziyo boʻlib ketmoq, bedarak yoʻq boʻlmoq, yoʻqqa chiqmoq. ◆ Dunyodan umidi boʻlmagan odamda did ham, orzu-havas ham suvga urib ketar ekan. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
    Suvda maza bor, bunda maza yoʻq - kest. juda bemaza narsa haqida.
    Suvday bilmoq (yoki ichmoq, ezib ichmoq) - juda yaxshi bilmoq, chuqur, puxta bilib olmoq, egallamoq. ◆ [Ertoʻgʻon ota] Suv ilmin suvday ichgan Daryolarning sultoni. Qirq kolxozga suv surgan Miroblarning polvoni. Q. Muhammadiy
    Suvday serob boʻling - hech narsadan kamchiligingiz boʻlmasin.
    Tagiga suv ketdi - tagi, zamiri boʻshashdi. ◆ Boylikning tagiga suv ketdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“
    Tushingizni suvga ayting - q. tush.
    Oʻzini oʻtga (ham), suvga (ham) urmoq - q. oʻt 1.
    Oʻt bilan suvdek - bir-biri bilan sira ham kelisha olmaydigan darajada zid, qarama-qarshi, it-mushuk. ◆ Ilgarilari oʻt bilan suvdek boʻlgan kundoshlar endi sirdosh boʻlib, chekka-chekkada pichirlashadigan boʻldilar. Asqad Muxtor, „Opa-singillar“
    Qoʻlini sovuq suvga urmaydi - q. qoʻl.
    Gʻalvirni suvdan koʻtarmoq - q. gʻalvir.

Sinonimlari

Antonimlari

СУВ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

OʻTIL

Ot

suv (koʻplik suvlar)

H₂O suyuqlik

Ruscha ru

suv
1 вода; // водный, водяной; ◆ oqar suv проточная вода; ◆ sizot suv грунтовые воды; ◆ turgʻun suv стоячая вода; ◆ qor suvlari талые воды; ◆ hizr suvi фольк. живая вода; ◆ suv balosi водная стихия; ◆ suv balosidan, oʻt balosidan saqla! уст. упаси (боже) от воды и от огня; ◆ suv ombori водохранилище; ◆ suv parisi русалка; ◆ suv sporti водный спорт; ◆ suv tomchilari водяные капли; ◆ suv xoʻjaligi водное хозяйство; ◆ suv osti kemasi подводная лодка; ◆ suv tashlash kanali водосброс, водоотводящий канал; ◆ suv koʻtaradigan guruch сорт риса, сильно разбухающего, требующего много воды; ◆ suvdan foydalanish водопользование; ◆ suvning koʻtarilishi геогр. прилив; ◆ suvning tushishi геогр. отлив; ◆ suv bermoq 1) давать воды; поить; подивить; 2) закаливать; ◆ poʻlatga suv bermoq закаливать сталь; ◆ suv bogʻlamoq запружать воду и пускать её на поля; ◆ suv purkamoq прыскать, опрыскивать, обрызгивать водой; ◆ suv sepmoq поливать (напр. улицу); ◆ suv tortmoq доставать воду (из колодца); ◆ suv chiqarmoq поднимать воду (водоподъемным колесом, насосом и т. п.); ◆ suv surmoq пустить воду в нужном направлении (по оросительным каналам); ◆ suv tomizmoq см. ◆ tomizmoq; suv quymoq пускать воду, поливать (поле); ◆ suvni taramoq пропускать воду по бороздам (на поле); ◆ suvini tortmoq (или termoq) впитывать в себя воду, пропитываться водой; ◆ suvga qonmoq напиться; насыщаться водой (напр. о растениях); ◆ suv urib ketdi (букв. вода ударила и ушла) вода размыла (напр. запруду); ◆ suv olib ketdi 1) смыло водой; унесло водой; 2) перен. свело на нет; ◆ ishni suv olib ketdi (вся) работа пошла насмарку; ◆ biroviing tegirmoniga suv quymoq лить воду на чью-либо мельницу; ◆ suv - dehqonning qoni, yer - uning joni посл. вода — кровь крестьянина, земля — его душа; ◆ oldingdan oqqan suvning qadri yoʻq посл. у воды, текущей перед тобой, нет цены; соотв. что имеем — не храним, потерявши — плачем; ◆ suvda maza bor, bunda maza yoʻq вода и то вкуснее этого (о совершенно безвкусной пище); ◆ suv yoʻgʻida tayammum погов. (букв. когда нет воды — омовение песком) на безрыбье и рак рыба; ◆ suv kelsa - simirib, tosh kelsa - kemirib см. ◆ simirmoq; yalangʻoch suvdan toymas погов. голый не боится воды; соотв. щуку водой не испугаешь; ◆ suv keltirgan xor-zor, koʻza sindirgan aziz см. ◆ aziz 1; ot boshiga ish tushsa, suvluq bilan suv ichar, er boshiga ish tushsa, etik bilan suv kechar см. ◆ suvluq 2; suvni kurmay, etik chechma посл. не видя воды, не снимай сапог; соотв. не зная броду, не суйся в воду; ◆ dunyoni suv olib ketsa, toʻpigʻiga chiqmaydi погов. см. toʻpiq; 2 арык; речка, река; водоём; озеро; ◆ suv boʻyida на берегу, у реки; ◆ suv yoqalab (или boʻylab) bormoq идти вдоль берега; ◆ suv keltirmoq 1) принести воды; 2) проводить арык; 3) обводнять; 3 сок; ◆ anor suvi сок граната; ◆ ogʻiz suvi (или ◆ suvlari) слюна; ◆ oshqozon suvi желудочный сок; ◆ suv olmoq наливаться соком (о плодах); ◆ suvi qochgan non чёрствый хлеб; ◆ ogʻzining suvi keldi у него слюнки потекли; ◆ siqib suvini olmoq 1) выжимать сок; 2) перен. выжимать соки; ◆ siqib suvini chiqarmoq выдавливать сок;
4 вышивка стебельчатым швом;
5 ист. мера площади земли, равная десяти танапам (см. tanob 1); ◆

Qrim-tatarcha (crh)

Ot

suv

Turkmancha (tk)

Ot

suv