taʼna - Vikilugʻat (original) (raw)

taʼ-na

Taʼna [taana]

arab. – nayza yoki pichoq sanchish; shikoyat; rad etish; malomat;

1. Xatolik, ayb yoki kamchilikni betga solib yoki kamsitib aytilgan gap, qilingan xatti-harakat va sh.k. ◆ Achchiq taʼna.Gunohkor boʻlmay turib, oʻz sevgilingdan oʻrinsiz taʼnalar eshitsang. J. Jabborov, „Sevinch yoshlari.“Keksa bogʻbonning samimiy soʻzlari ham taʼna, ham tanbeh edi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli.“Bobo, bu gapga qanday tiling bordi, deganday unga taʼna bilan qaradida, bosh chayqadi. S. Yunusov, „Kutilmagan xazina.“

2. Minnat, haqorat, malomat tarzidagi gap-soʻz. ◆ -Yoʻqchilik jonimga tegdi, - dedi bolali xotin, — boyvachchalarning xotinlariga kir yuva-yuva oʻlib boʻldim. Itdek mehnat qilib, bir burda nonlarini taʼna bilan yedim. S. Zunnunova, „Gulxan.“Agar kuchim, quvvatim yetsa, odamlarning jon olgʻuchi taʼnalariga yana chidash berar edim, lekin majolim qolmadi. M. Ismoiliy, „Fargʻonat. o.“

Taʼna qilmoq Taʼna tarzidagi gap-soʻz aytmoq. ◆ Xasis deb taʼna qilmoq.Yoʻldosheva.. rabfakda oʻqib yurganida, mahallada paranji yopinib yurgan boʻlishi mumkin, buni hozir taʼna qilishda hech qanday maʼno yoʻq. A. Qahhor, „Bek.“Hamkasblari.. "Mansabdor boʻlib, mensimay ketdi", deb taʼna qilishlaridan oʻzini ehtiyot tutardi. R. Fayziy, „Hazrati inson.“

ТАЪНА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Ruscha ru

taʼna
порицание; упрёк, попрёк; укор; ◆ achchiq taʼna горький упрёк; ◆ Xoʻjayinning taʼnalarini eshita berib, yetimning qulogʻi pishgan, eti koʻnikkan edi (П. Турсун, «Ўќитувчи») От постоянных попрёков хозяина у сиротки уши вяли и тело очерствело; ◆ Bir kuni kelib men oʻrtoqlarning taʼnasiga qolaman (А. Ќаћћор, «Сароб») В один прекрасный день товарищи будут попрекать меня; ◆ taʼna qilmoq порицать, упрекать; укорять; ◆ xasis deb taʼna qilmoq упрекать в скупости.