tashnalik - Vikilugʻat (original) (raw)

tash-na-lik

1. Tashna ekanlik, suvsaganlik. ◆ Aziz va bepoyon Mirzachoʻlning suvga tashnaligini oʻlchar ekan, Muhiddin Karimov porloq istiqbolga nazar tashlaydi. "Uzbekistan qoʻriqlari".

2. Tashna holat (tashna har ikki maʼnosida). ◆ Toʻtiqiz choʻllab, ichi tashnalik oʻtida yonardi. M. Ismoiliy, „Fargʻonat. o.“Tashnaliklari qongach, daraning ichkarisi tomon yoʻlda davom etishdi. K. Yashin, Hamza.U tashnalik bilan Olchinbekka talpinar, olovli koʻzlari unga qarab javdirar, dil rozini ifodalamoqchi boʻlardi. K. Yashin, „Hamza.“

Chanqov

ТАШНАЛИК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.