tendensiya - Vikilugʻat (original) (raw)

ten-den-si-ya

nem. Tendenz < lot. ten-dere — yoʻnalmoq, intilmoq

1 Taraqqiyot yoʻnalishi; biror narsaga qiziqish, moyillik, intilish.

2 Maʼlum oʻy-mulohaza, tasvir yoki asarning asosiy mazmuni, gʻoyasi. ◆ Malumki, 60—70-yillar davomida tarixiy kinolentalar yaratish sohasidagi ijodiy tendensiyalar yanada rivojlantirildi. S. Xoʻjayev, „Oʻzbek tarixiy filmlari“ . ◆ Bunday asarlarga qiziqishning siri esa, menimcha, turmushdagi ilgʻor tendensiyalarni zamonga, kishilar talablariga hamohang.. boʻladigan tomonlarini topib, tanlab, saralab olib yozish bilan bogʻliq. N. Safarov, „Jasoratning davomi“ .

ТЕНДЕНЦИЯ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Ruscha ru

tendensiya
тенденция; ◆ progressiv tendensiyalar прогрессивные тенденции.