tinglamoq - Vikilugʻat (original) (raw)

ting-la-moq

Eski Turk tiliga bu so’z Xitoycha 听 (聽 logogrammasining soddalashtirilgani) — tīng so’zidan kirib kelgan.

_ TIŊLA- ' quloq sol—'. ◆ Shogirdlar muallimaning soʻzini tinglar ekan, dam Mixaylovga, dam uning stanogiga tikilar edilar. Nazir Safarov . Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu feʼl 'quloq solish' maʼnosini anglatgan tïŋ otidan (ДС, 568: tïŋ II) -la qoʻshimchasi bilan yasalgan (Devon III, 412; DS, 568; ЭСТЯ, III, 236); oʻzbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgasi yoʻqolgan: tïŋ + la = tïŋla— > tiŋlä—.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Diqqat-eʼtibor bilan eshitmoq. ◆ Maʼruza tinglamoq. Musiqa tinglamoq.Oz soʻzla, koʻp tingla. MaqolYoʻlchi uni diqqat bilan tinglab, soʻng asl maqsadini ochishga intildi. Oybek, „Tanlangan asarlar“Oʻtirganlar ajoyib ovoz bilan aytilgan ashulani rohat qilib tinglaydilar. T. Obidov, „Yusufjon qiziq“

ТИНГЛАМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Ruscha ru

tinglamoq
слушать; внимать; ◆ leksiya tinglamoq слушать лекцию; oz soʻzla, koʻp tingla посл. говори меньше, а слушай больше.