tuhfa - Vikilugʻat (original) (raw)
tuh-fa
[ arab. - sovgʻa, tortiq ]
1 kt. Kimsaning koʻnglini olish yoki xizmatlarini taqdirlash uchun berilgan narsa; tortiq, sovgʻa. ◆ Qimmatbaho tuhfa. Tuhfa olib bormoq. ◆ [Sohibdoro] Qilib olam-shumul sanʼatni bunyod, Ketirmish sizga tuhfa usta Behzod. Uygʻun va I, „Sulton, Alisher Navoiy“ . ◆ Husayn Boyqaro shu shaharni [Astrobodni].. kichik oʻgʻli Muzaffarga tuhfa qildi. M.Osim, „Ajdodlarimiz qissasi“ .
2 koʻchma Koʻpchilik uchun atab tayyorlangan narsa; sovgʻa. ◆ Maqomlarning gramplastinkaga yozib olinayotgani sanʼatkorlarimizning xalqqa ajoyib tuhfasidir. Gazetadan .
3 Tuhfa (xotin-qizlar ismi).
sovg`a, in`om
ТУҲФА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Ruscha ru
tuhfa
1 книжн. дар, подарок; ◆ tuhfa qilmoq, tuhfa etmoq сделать подарок, подарить; ◆ tuhfa olmoq получить подарок;
2 Тухфа (имя собств. женское).