yaxshi - Vikilugʻat (original) (raw)

yax-shi

YAXSHI 'ijobiy sifatta ega’, ’kishiga yoqadigan, maʼqul boʻladigan’. Yaxshi soʻz - jon ozigʻi, yomon soʻz - bosh qozigʻi (Maqol). Bu sifat qadimgi turkiy tilda ham ’didga, xohishga mos tush-, maʼqul boʻl-’ maʼnosini anglatgan yaq— feʼlining (ЭСТЯ, IV, 64) ’biroz’ maʼno— sini ifodalovchi -(ï)sh qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan shaklidan —ï qoʻshimchasi bilan yasalgan; -ï qoʻ-shimchasi qoʻshilganidan keyin ikkinchi boʻgʻindagi tor Unli talaffuz qilinmay qoʻygan, sh undoshi taʼsirida uning oldidagi q undoshi x undoshiga almashgan (Devon, III, 39); oʻzbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: (yaq- + ïsh = yaqïsh-) + ï = yaqïshï > yaqshi > yaxshï > yäxshi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

  1. Ijobiy sifatga ega boʻlgan, biror talabga toʻla javob beradigan, kishiga yoqadigan, maʼqul boʻladigan. ◆ Yaxshi kishi.Yaxshi ot.Yaxshi baho.Yaxshi gap.Yaxshi gʻoya.Yaxshi tilaklar.Yaxshi yemoq.Yaxshi kiymoq.O‘zini yaxshi tutmoq.Yaxshi soʻz - jon ozigʻi, Yomon soʻz - bosh qozigʻi. MaqolYaxshi oshini yer, yomon - boshini. MaqolYaxshiga yondash, yomondan qoch. MaqolYaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, Yomon bilan yursang, qolarsan uyatga. Maqol[Kumush] Kundan-kunga Zaynabning susayib, oʻziga begonalashib borganini yaxshi anglar edi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“Yaxshi gapirib ham koʻrdi, yomon gapirib ham koʻrdi, foydasi boʻlmadi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“Gulnor, siz yaxshi oʻylang, ixtiyor sizda. Oybek, „Tanlangan asarlar“Yaxshining yuzida zuluk ham xol boʻlib koʻrinadi. Abdulla Qahhor, „Toʻyda aza“
    Yaxshi koʻrmoq - 1) biror narsani, kishini yoqtirmoq, maʼqul koʻrmoq. ◆ Suhbatni yaxshi koʻradi.Ozoda kiyinishni yaxshi koʻraman.Bu kambagʻal xasta yigitni Yoʻlchi yaxshi koʻrar, ahvoliga koʻngildan qaygʻurar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ 2) muhabbat qoʻymoq, sevmoq. ◆ Bir-birini yaxshi koʻrmoq.-Rostini ayt, muallim bolani yaxshi koʻrasanmi? - deb soʻradi Tojiboy qoʻqqisdan. Parda Tursun, „Oʻqituvchi“Zulfiqor ustodning qizini nihoyatda yaxshi koʻrib qolganini doʻstiga aytib qoʻygan edi. Mirmuhsin, „Meʼmor“
  2. mod. s. Rozilik, maʼqullash maʼnosini bildiradi; xoʻp boʻladi, durust, maʼqul. ◆ Yaxshi, hozir yetib boraman.Yaxshi, men yana oʻylab koʻraman.[Yusufbek hoji:] Yaxshi. Vaʼda ham berayin, ammo sen unashmay tur! Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“[Oqsoqol] Oʻrnidan turdi va qattiq ovoz bilan: -Yaxshi.. Bu kishiga ham "forma"dan berasan, - dedi va shoshganicha chiqib ketdi. Parda Tursun, „Oʻqituvchi“

ezgu

ЯХШИ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

OʻTIL

yaxshi

yaxshi

Ruscha ru

yaxshi хороший; добрый, славный; приличный; // хорошо; ◆ aʼlo va yaxshi baholar отличные и хорошие отметки; ◆ yaxshi odamlar хорошие, славные люди; ◆ bunday qilish yaxshi emas нехорошо так поступать; ◆ oʻzing kelganing yaxshi лучше, чтобы ты сам пришёл; ◆ undan koʻra bu yaxshi этот лучше, чем тот; ◆ yaxshi qol! счастливо (тебе) оставаться!; ◆ xayr, qizim, yaxshi qol! до свидания, дочь моя, счастливо (тебе) оставаться!; ◆ yaxshi kelding хорошо, что ты пришёл; ◆ yaxshi ishlamoq хорошо работать;◆ oʻzini yaxshi sezmoq хорошо чувствовать себя; ◆ yaxshi tikilgan kostyum хорошо сшитый костюм; ◆ yaxshi uyushtirilgan mehnat хорошо организованный труд; ◆ yaxshigina 1) хорошенький, славненький; 2) значительный, основательный; 3) хорошенько; значительно, основательно; как следует; ◆ yaxshigina yigit довольно хороший парень; ◆ yaxshigina uxlab turdim я хорошо выспался (поспал); ◆ yaxshigina ovqatlandim я хорошо (плотно) покушал; ◆ bugun yaxshigina issiq сегодня довольно жарко; ◆ yaxshi niyat - yarim davlat посл. доброе намерение - половина богатства; ◆ yomon urugʻdan yaxshi meva kutma посл. от плохого семени не жди хороших плодов; ◆ yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi посл. хорошей лошади довольно одного удара, а плохой - тысячи мало; ◆ aldashga bola yaxshi посл. обмануть ребёнка легко;
2 хороший, добрый, славный (человек); ◆ yaxshiga yondash, yomondan qoch см. ◆ yondashmoq 2; yomonning yaxshisi boʻlguncha, yaxshining yomoni boʻl посл. лучше будь худшим среди хороших, чем лучшим среди плохих;
3 частица хорошо; ладно; ◆ yaxshi, hozir boraman хорошо, я сейчас пойду; ◆ yaxshi, men yana oʻylab koʻraman хорошо, я ещё раз подумаю; ◆