yigʻlamoq - Vikilugʻat (original) (raw)

yigʻ-la-moq

YIGʻLA- ’koʻz yoshi toʻk-’. Bola hanuz chirhirab y i gʻ l a r e d i (Abdulla Qahhor). Bu feʼl qadimgi turkiy tildagi ’koʻz yoshi toʻkish holati’ maʼnosini anglatgan yïgʻ otidan -la qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, I, 80; Devon, III, 324; DS, 266); oʻzbek tilida ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan, a unlisi ä unlisiga almashgan: yïgʻ + la = yïgʻla- > yigʻlä-.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

1 Yigʻi qilmoq (q. yigʻi). ◆ Achinib yigʻlamoq. Piq-piq yigʻlamoq. Uv tor-tib yigʻlamoq. Oʻkirib yigʻlamoq. Hoʻngrab (hoʻng-hoʻng) iigʻlamoq. n ◆ Endi onaga qoʻshilib qiz yigʻlar, qizga qoʻshilib ona yigʻlardi. Choʻlpon, „Kecha va kunduz“Bola hanuz chirqirab yigʻlar edi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“

Aytib yigʻlamoq etn. Marhumga kuyinib, yurak soʻzlarini aytib yigʻlamoq, uni madh etib yigʻlamoq. Achchiq-achchiq yigʻlamoq Ach-chiq-alam bilan yigʻlamoq. ◆ Kecha uning uyi-dan xotin kishining achchiq-achchiq yigʻlagan tovushi eshitildi. A. Qahhor, „Qanotsiz chit-tak“ . Zor yigʻlamoq Zorlanib yigʻlamoq. ◆ Bola: "Dadam, dadam!" deb zor yigʻlardi. K. Yashin, „Hamza“ . Yigʻlab koʻrish(a)di s.t. kest. Juda monand, mos keldi, juda ham yarashdi. ◆ Toʻn yigʻlab koʻrishdi. m ◆ **\Hotam:\ Dani, sovima-sin [ryumkaga quyib\. Bu jonivor kabob bilan yigʻlab koʻrishadi. Qitday-qitday yutay-lik.** N. Safarov, „Hayot maktabi“ . Yum-yum yigʻ-lamoq Qatgiq koʻz yoshi toʻkib yigʻlamoq. ◆ Acha-xon yum-yum yigʻlab, onasining peshonasini si-lardi. K. Yashin, „Hamza“ . Qon yigʻlamoq Niho-yatda alam-iztirob bilan yigʻlamoq. ◆ Xola-ning ogʻir yurak yarasi yangilanar, qon yigʻla-gan qaygʻuli kupi yodiga tushar edi. A. Muxtor, „Opa-singillar“ .

2 koʻchma Nolish qilmoq. ◆ Uzoq-uzoqlarda musiqa yigʻlardi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ .

ЙИҒЛАМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.