yoʻl - Vikilugʻat (original) (raw)

yoʻl

YOʻL 'qatnov uchun xizmat qiladigan sath’. [Kam-pir] yolgʻizoyoh y oʻ l d a n bitta-bitta yurib ketdi (Oʻlmas Umarbekov). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu koʻp maʼnoli ot asli yo:l tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, IV, 217), keyinroq o: unlisining choʻziqlik be.lgisi yoʻqolgan (ПДП, 389; DS, 270, Devon, I, 97). Yo:n— feʼliga qiyoslab, yo:l soʻzi asli y° - asosidan —l qoʻshimchasi bilan yasalgan deb taxmin qilinadi (ЭСТЯ, IV, 218).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

  1. Odamlar, jonivorlar va b. narsalar qatnovi natijasida yer sathida iz bosilib hosil boʻlgan uzun, davomli qism, qatnov qismi. ◆ Soʻqmoq yoʻl.Qirdagi har tomonga ketgan yoʻllar.Yoʻl adirning eng yotiq yeridan tushgan boʻlsa ham, Turgʻunoy tizzasini ushlab, zoʻrgʻa qadam bosardi. Abdulla Qahhor, „Maston“Choʻlning yoʻli ingichka.. "Boychechak"Dovon orqali.. bitta ot yoʻli bor, xolos. Shu tor yoʻldan Afgʻonistonga oʻtsa ham boʻladi. Komil Yashin, „Hamza“
  2. Umuman, kishilar yoki transport qatnovi uchun maxsus belgilangan yer boʻlagi. ◆ Avtomashina qatnaydigan yoʻl.Asfalt yoʻl.Tosh yoʻl.Uzoq yoʻl.Mashina yoʻlini kesib oʻtayotgan podaga signal berganda, choʻchib oʻziga keldi-yu, atrofga qaradi. Said Ahmad, „Yulduz“Mehmonxona yonidagi yer osti yoʻlidan oʻtib, gulzor maydonga chiqishdi. O‘tkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“
  3. Kema va samolyotlar qatnashi uchun maxsus belgilab qoʻyilgan yoʻnalish, trassa. ◆ Suv yoʻli.Havo yoʻli.
  4. Yoʻnalishdagi harakat jarayoni, yoʻlda davom etayotgan yurish. ◆ [Xotin] Kumushga qarab davom etdi: Anu kungi soʻzingiz bilan, yoʻldan qayrshshb kirgan edim. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“Oʻrmonjon yoʻl boʻyi gapirmadi.. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“Men uning uchun bir ziyoratchi, nazrini beraman-u, yoʻlimga ketaveraman. Komil Yashin, „Hamza“-Zarari yoʻq, - dedi Meʼmor. - Buni yoʻl mashaqqati deymiz. Mirmuhsin, „Meʼmor“
  5. Yurish, qatnov yoʻnalishi. ◆ ..birov “Xotiningni ukang nikohlab oldi, uyga bormay qoʻya qol!” degan ekan, u ham yoʻlni boshqa yoqqa soldirib ketibdi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
  6. Biror joy, makonga sayohat yoki boshqa maqsadda qilinadigan yurish; safar. ◆ Yoʻl anjomlari.Yoʻlga hozirlanmoq.Yoʻlga chiqsang, yoʻldoshing boʻlsin. Maqol[Otabek] Bu soʻroqni oʻz-oʻziga ham berib koʻrmagan, goʻyo burungidek Margʻilon yoʻliga oshiqib hozirlanar edi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“Shoh Mashrab yoʻlga chiqsalar, xudoning qudrati bilan, yerning tanobi tortilib, yoʻl qisqarar ekan. Oybek, „Tanlangan asarlar“
  7. Bosib oʻtiladigan oraliq; masofa. ◆ Bundan buyon mototsikl yoʻlingizni yaqin qiladi. Sunnatilla Anorboyev, „Toʻrtkoʻzning boshidan kechirganlari“U Miyon Qudrat hazratni ziyorat qilish uchun ozmuncha yoʻlni piyoda bosib keldimi? Komil Yashin, „Hamza“
  8. Maʼlum bir transport vositasi uchun yoʻnalish qurilmasi. ◆ Temir yoʻl.Tramvay yoʻli.Poyezd yoʻli mayda tosh, Boyning qizi qalamqosh. "Boychechak"
  9. Ayrim narsalarning yoʻnalish chizigʻi, joy oraligʻi. ◆ Nafas yoʻli.Siydik yoʻli.Xas-xashaklar suv yoʻlini toʻsib qoʻyibdi.
  10. Biror narsaga, yuzaga tortilgan, tushirilgan chiziq, iz. ◆ Bir yoʻli oq, bir yoʻli moshrang beqasam.Eshikda tikkasiga oq va qora yoʻllardan iborat pijama kiygan, boshyalang Azimboyev koʻrindi. "Guldasta"
  11. Qator, satr; misra. ◆ Bir necha yoʻl xat.[Anvar Raʼnoga] Mening yozganimni sen uyat qilmasang, men ham sening yozganingni uyat qilmayman. Lekin shart shuki, mening ikki yoʻlimga javob boʻlsin. Abdulla Qodiriy, „Mehrobdan chayon“
  12. koʻchma Biror narsaning yoʻnalish, kelish-ketish oqimi, yoʻnalishi. ◆ Hayot oʻz yoʻlidan borar, bahor bolalarga oʻz quvonchi, oʻz shodliklarini saxiylik bilan taqdim etgan edi. Oʻtkir Hoshimov, „Qalbingga quloqsol“Xamza haqiqat yoʻlidan, maʼrifat yoʻlidan, Furqat vasiyat qilgan yoʻldan boradi. Komil Yashin, „Hamza“
  13. Faoliyatda amal tarzi, qilinadigan, tutiladigan ish-amal. ◆ Hozir senlarga ikki yoʻl: oʻgʻil, qizingni sotib boʻlsa ham, oʻttiz ikki tangani Azizbek xazinasiga toʻlash yoki es borida etakni yopib, Azizbekni oradan koʻtarish.. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“Taqdirdan shikoyat qilmadim sira, Sizga ham shu yoʻlni maslahat koʻrdim. ShuhratIkkisining yoʻli ham gumrohlikdan boshqa narsa emas. Biri yigʻib oʻlgan, biri yeb oʻladi. Oybek, „Tanlangan asarlar“
  14. Kuy, qoʻshiq va shu kabilarda oʻziga xos usul. ◆ Orzuyu armonimni sheʼriy yoʻlda qaytadan Soʻzlab turibman, balki yoshlik boʻlib bahona. Abdulla OripovZebi kirib, mayda yoʻllardan birini oldi. Dutorning ovoziga endigina oʻz ovozini qoʻshaman deganda, tashqaridan mingboshini chaqirdilar. Choʻlpon, „Kecha va kunduz“
  15. Imkon chorasi. ◆ Hech boʻlmasa, jonni saqla edi sen, Bir yoʻl topib qochmoq kerak bu eldan. Hamid OlimjonSodiqjon boyvachcha changaliga tushgan qizning kimligini bilgisi keldi. Ammo soʻrab bilishning hozir asti yoʻli yoʻq edi. Komil Yashin, „Hamza“
  16. koʻm. vazifasida. (asosan oʻ.-p. k. da - yoʻlida) Sabab, maqsad kabi maʼnolarni bildiradi; bora(si)da, uchun. ◆ Kimiki xalq yoʻlida, xalq gʻamida ter toʻksa, qoʻli hamma yerda baland boʻlsin.. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“Shuning uchun ham senga yetishmoq yoʻlida jonni xatarga qoʻyib, kecha-kunduz yugurganman-da.. Komil Yashin, „Hamza“Oʻquvchilarni joʻshqin mehnat faoliyatiga tayyorlash yoʻlidagi izlanishlarimiz hozirning oʻzida oʻz samarasini bermoqda. Gazetadan

Yoʻl bermoq - 1) oʻtib ketish uchun yoʻlni boʻshatmoq. ◆ Mansur pastak eshikni ochib, Gavharga yoʻl berdi. O‘tkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ 2) toʻsqin boʻlmaslik, qarshilik qilmaslik; imkon bermoq, yoʻl qoʻymoq. ◆ ..ular mehnat ahlini istaganlaricha ishlatib, hamyonlarini yana ham qappaytirishlari uchun avomning fikrini ochishga yoʻl bermaydilar. Komil Yashin, „Hamza“
Yoʻl bosmoq - maʼlum masofani yurib oʻtmoq. ◆ Maston necha kilometr yoʻl bosganini va yana necha kilometr bosish kerakligini bilar edi. A. Qahhor, „Maston“
Yoʻl boshlamoq - 1) yoʻlovchilarni boshlab yurmoq. ◆ -Yuring, - dedi Talʼat yoʻl boshlab. Oʻtkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ 2) ish-faoliyatda rahnamolik qilmoq; yetakchilik qilmoq, yetaklamoq.
Yoʻl boʻlsin? - 1) qayoqqa boryapsiz? ◆ Ha, yigitning guli, yoʻlingiz boʻlsin? Tohir Malik, „Ajab dunyo“ 2) (j.k. bilan) koʻchma biror ishni bajarish kimsaning qoʻlidan kelmasligini ifodalash uchun ishlatiladi. ◆ Sheʼr yozishga senga yoʻl boʻlsin.
Yoʻl koʻrsatmoq - 1) olib boradigan yoʻlni koʻrsatmoq. ◆ Adashgan yoʻlovchiga yoʻl koʻrsatmoq. 2) yoʻl-yoʻriq koʻrsatmoq, qanday yoʻl tutishni aytmoq. ◆ [Yormat] Ellikboshiga yalindi: -Man gʻaribga yoʻl koʻrsating. Kimga arz qilay? Oybek, „Tanlangan asarlar“
Yoʻl olmoq - biror tomonga yurishni boshlamoq, yoʻlga tushmoq. ◆ Tongotarda hujradan chiqqan Memor karvonsaroy hovlisini kesib oʻtib, darvozadan tashqariga yoʻl oldi. Mirmuhsin, „Meʼmor“
Yoʻl solmoq - ayn. yoʻl olmoq. ◆ Yarash polvon toʻgʻri kolxoz idorasiga yoʻl soldi. Sa’dulla Siyoyev, „Otliq ayol“
Yoʻl qoʻymoq - ayn. yoʻl bermoq 2. ◆ ..nimaiki ish qilsa, odamlar xursand boʻlishini oʻylashi, saxiyligi bironta kishining bu qizga oʻqrayib qarashiga yoʻl qoʻymasdi. Mirmuhsin, „Meʼmor“-Ota, ustoz haqlar, - dedi Hamza. - Hiylaga baʼzan shariat ham yoʻl qoʻyadi. Komil Yashin, „Hamza“
Yoʻlga kirmoq - yurishni boshlamoq (goʻdak haqida). ◆ Adolat yoʻlga kirdi degandan boillab topganini sandiqqa tashladi. Saida Zunnunova, „Olov“..qoniga belangan dadangni koʻtarib kirganlarida, sen yoʻlga kirgan eding. Yo‘ldosh Shamsharov, „Toshqin“
Yoʻlga solmoq - yaxshi gapirib, aldab-suldab koʻndirmoq, roziligini olmoq. ◆ Boʻtaboy uni [Sodiqni] aldab-suldab yoʻlga solmoqchi boʻldi. Said Ahmad, „Hukm“
Yoʻlga tushmoq - 1) biror yoʻl bilan (biror tomon) yurishni boshlamoq. ◆ [Nuri] .. qovun polizni sayr qilishni bahona qipdi-da, akasining oʻgʻli Rafiqjon bilan birga yoʻlga tushdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ 2) toʻgʻri yoʻl, meʼyoriy iz (yoʻnalish)ga tushmoq, shunday holat kasb etmoq. ◆ Savodsizlikni tugatish boʻyicha oʻqish bir qadar yoʻlga tushib oldi. Komil Yashin, „Hamza“
Yoʻlga chiqmoq - yoʻlga otlanib yura boshlamoq, yoʻl olmoq. ◆ Vzvod yarim tunda yoʻlga chiqdi, razvedkaga. Toshtemir Rustamov, „Mangu jasorat“..avzoyidan sezdiki, u shum niyat bilan yoʻlga chiqqan. "Yoshlik"
Yoʻlga qoʻymoq - tashkil qilmoq, ishga solib yubormoq; rivojlantirmoq; tartibga solmoq. ◆ Yoshlar oʻrtasida targʻibot ishlarini yoʻlga qoʻymoq.
Yoʻldan ozdirmoq - notoʻgʻri (nomaqbul) yoʻlga boshlamoq, yomon yoʻlga chalgʻitmoq. ◆ Sizning muloyim, odobli singlingizni ham yoʻldan ozdirishim mumkin. Mirmuhsin, „Meʼmor“
Yoʻldan toydirmoq - notoʻgʻri yoʻlga chalgʻitmoq, burmoq. ◆ ..musulmonlarni haq yoʻldan toydirmoqchi boʻlgan shul kitoblarni agʻdar-toʻntar qilib, koʻchaga chiqarib tashlagim keldi. Komil Yashin, „Hamza“
Yoʻldan urmoq - toʻgʻri yoʻldan chalgʻitmoq. ◆ Yoʻq, endi Mengliboyni hech kim yoʻldan urolmaydi. Said Ahmad, „Yulduz“Tagʻin meni yoʻldan uryapti deb oʻylamang. Sizni yaxshi koʻrganim uchun aytyapman. Oʻtkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“
Yoʻldan chiqarmoq - ayn. yoʻldan urmoq.
Yoʻldan qaytarmoq - 1) orqaga qaytishga majbur qilmoq; 2) koʻchma kishini yomon xulq yoki nojoʻya xatti-harakatdan tiymoq, toʻxtatib qolmoq. ◆ Muhammadrajab.. xotini orqali uni shu yoʻldan qaytarishga urindi. Abdulla Qahhor, „Sarob“
Yoʻli ochilmoq - baxtli boʻlib, ishi yurishib ketmoq. ◆ Yoʻli ochilgan yigitning yangasi oldidan chiqar. Maqol
Yoʻli tushmoq - yurishi, safari biron joy, (tomon)ga toʻgʻri kelmoq. ◆ Qabristonga tushganda yoʻlim, Men shu gʻamgin holni koʻraman. Abdulla Sher, „Qadimgi kuy“
Yoʻli uchun - ayn. yoʻliga ◆ ..yolgʻizgina qizining koʻz yoshlariga yuragi dosh berolmadimi yoki yoʻli uchun shunday qildimi - Abdurahmonboy.. qizini yupatishga tushdi. Komil Yashin, „Hamza“
Yoʻlingdan qolma - senda ishim yoʻq, menga keraging yoʻq, ketaver. ◆ “Yordam bergan boʻlsangiz, rahmat, yoʻlingizdan qolmang”, demaydimi qiz. Oʻtkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“
Oq yoʻl tilamoq - q. oq. ◆ ..ular bilan changga botib borayotganligidan mamnun boʻlib, ichida unga oq yoʻl tilab, deraza pardasini tushirdi. Komil Yashin, „Hamza“

joyini oʻzgartirish ning yoʻl

| | birlik | koʻplik | | | -------------------- | -------- | ----------- | | Bosh kelishik | yoʻl | yoʻllar | | Qaratqich kelishigi | yoʻlning | yoʻllarning | | Joʻnalish kelishigi | yoʻlga | yoʻllarga | | Tushum kelishigi | yoʻlni | yoʻllarni | | O‘rin-payt kelishigi | yoʻlda | yoʻllarda | | Chiqish kelishigi | yoʻldan | yoʻllardan | | Vosita kelishigi | yoʻlla | yoʻllarla |

o‘ram, ko‘cha

ЙЎЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

yoʻl (koʻplik yoʻllar)

yo‘l

Ruscha ru

yoʻl 1 дорога, путь; трасса; // дорожный; ◆ temir yoʻl железная дорога; ◆ tosh yoʻl шоссейная дорога; ◆ soʻqmok yoʻl тропа, тропинка; ◆ havo yoʻli 1) лётный путь, воздушная трасса 2) анат. дыхательные пути, ◆ yer osti yoʻllari подземные пути; ◆ Somon yoʻli астр. Млечньй Путь; ◆ samolyot shimolga tomon yoʻl soldi (или oldi) самолёт взял направление (путь, курс) на север; самолёт лег курсом на север; ◆ yoʻl bosmoq идти, шагать;
2 дорога, путь, маршрут; рейс (поездка); // дорожный; ◆ yoʻl kira или ◆ yoʻl haqi плата за проезд; ◆ uzoq yoʻl дальняя дорога, ◆ yoʻl anjomlari дорожные вещи; ◆ yoʻl olmoq отправляться в пугь; ◆ Lenin yoʻlidan bormoq идти по ленинскому пути; ◆ partiyaning bosh yoʻli генеральная линия партии; ◆ yoʻl izlamoq или qidirmoq искать выход; ◆ yoʻl ochildi представилась возможность; ◆ yoʻl solmoq 1 ) прокладывать путь, строить дорогу; 2) отправляться в путь, направляться; ◆ yoʻlga solmoq направлять; ◆ yoʻlga tushmoq (или chiqmoq) отправляться в дорогу; ◆ ishni yoʻlga qoʻymoq налаживать работу (дело); ◆ yoʻl(ga) boshlamoq вести за собой, направлять, указывать путь (дорогу); ◆ yoʻl topmoq находить выход; ◆ yoʻliga yurmoq следовать примеру (кого-л.); ◆ yoʻlda qoldirmoq опередить, оставить позади; ◆ yoʻldan urmoq (или ozdirmoq, chiqarmoq) сбивать с правильного пути; ◆ yoʻl tutmoq держать (брать) курс; вести линию на...; придерживаться (чего-л.); ◆ toʻgʻri yoʻl tutmoq придерживаться правильного пути; вести правильную линию; ◆ zinhor manmanlikning yoʻlini tutma никогда не становись на путь зазнайства; не зазнавайся; ◆ yoʻlni toʻsmoq загораживать (кому-л.) дорогу; препятствовать (кому-л.); ◆ yoʻlim tushdi мне было по пути; ◆ dunyo orttirish yoʻliga tushmoq стать на путь наживы, накопления богатства; ◆ yoʻl qoʻymoq допускать, позволять; ◆ yoʻl qoʻyib bermoq попустительствовать; ◆ yoʻldan toymoq (или ozmoq) пойти по ложному пути; сбиться с пути истинного; ◆ yoʻldan qaytarmoq отговаривать; ◆ oq yoʻl ! счастливый путь!; ◆ oq yoʻl tilamoq желать (кому-л.) удачи, счастливого пути; ◆ yoʻling ochiq! скатертью (тебе) дорога!; ◆ yoʻling ochilsin! желаю тебе удачи! пусть будет тебе удача!; ◆ yoʻl yurdi, yoʻl yursa ham moʻl yurdi фольк. (букв. он шёл, шёл и много прошёл долго ли, коротко ли); ◆ yoʻl boʻlsin? куда едете (идёте)?; куда держите путь?;
3 строка, строчка; ◆ bir necha yoʻl xat yozmoq написать несколько строчек;
4 полоса, полоска;◆ bir yoʻli oq, bir yoʻliqizil mato материя в белую и красную полоску;
5 путь способ, приём; ◆ yangi yoʻl bilan ish olib bormoq работать по новому способу; ◆ bu masalani ikki yoʻl bilan hal qilmoq (или echmoq) mumkin эту задачу можно решать двумя способами (двумя путями);
6 с.-х. борозда, грядка; арычек (на поле);
7 в роли служебного имени; yoʻlida по, для, ради, за; ◆ yuqori hosil olish yoʻlidagi yutuqlar успехи в деле получения высокого урожая;◆ doʻstlikni mustahkamlash yoʻlida intilish стремление к укреплению дружбы; ◆ vatan yoʻlida jonni ayamaslik не жалеть жизни для родины; ◆